O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Nomoddiy aktivlarning turlari


Download 0.69 Mb.
bet37/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

6.6. Nomoddiy aktivlarning turlari
Nomoddiy aktivlarning eng keng tarqalgan turlarida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.


Patent – predmet, jarayon yoki faoliyat turini qamrab olgan patent uning egasiga foydalanish, ishlab chiqarish, soitsh va nazorat qilish imkoniyatini yaratuvchi qonunga muvofiq berilga huquq hisoblanadi. Patant ilmiy-texnika yangiliklarini ishlab chiqish yoki tadbiq etish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga ma’lum vaqt mobaynida mazkur faoliyat turi natijasidan monopol daromod olish imoniyatini berish uchun ma’lum vaqt oralig‘ida beriladi.
Chetdan patent olishda uning birlamchi qiymatiga korxona uni sotib olish chog‘ida sarflagan xarajatlarning hammasi kiritiladi:
0830 – “Nomoddiy aktivlarni sotib olish” schyoti debeti
5110 – “Hisob-kitob” schyoti krediti va bundan keyin:
0410 – “Patentlar, litsenziyalar, nou-xau” schyoti debeti
0830 – “Nomoddiy aktivlarni sotib olish” schyoti krediti.
Ixtiro yoki korxonaning o‘z sa’y-harakatlari bilan ishlab chiqilgan takomillashuvni himoya qiluvchi ptentning boshlang‘ich balans qiymati 7-son BXMSga muvofiq, agar aniq belgilash mumkin bo‘lsa, korxona xarajatlarining haqiqiy tannarxi bo‘yicha aniqlanadi. Aks holda patent qiymati faqat ixtironi ro‘yxatdan o‘tqazish va uning patent muxofazasi xarajatlari asosida aniqlanadi.
Bunda korxona tomonidan yangi ilmiy yoki texnikaviy bilim va g‘oyalar olish maqsadida o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlanmalari xarajatlari sarflangan hisobot davrida sarf-harajat sifatida tan olinadi (“Ilmiy-tadqiqot va tajriba-kostruktorlik ishlanmalariga xarajatlar” 11-son BXMS, 14-band). Ya’ni ilmiy-tadqiqot ishlanmalariga xarajatlar daromadlarni sarflash (foydalanish) sifatida baholanadi va ular yuzaga kelgan davrdagi sarf-xarajatlarga kiritiladi.
Tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga xarajatlar quyidagi mezonlarga mos keladigan bo‘lsa, ular aktiv deb tan olinadi (11-son BXMS, 1-band ):
  • mahsulot yoki jarayon aniq belgilangan, mahsulot yoki jarayonga tegishli xarajatlar esa alohida belgilanishi va ishonchli o‘lchanishi mumkin;


  • xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mahsulot yoki texnoligiyani ishlab chiqarish, sotish yoki undan foydalanishni nazarda tutmoqda;


  • mahsulot yoki texnologiya uchun bozorning mavjudligi yoki uni sotish o‘rniga sub’ekt ichida foydalanish hollarida uning sub’ekt uchun foydaliligi holatlari namoyish etilishi mumkin;


  • loyihani tugatish va bozorga yetqazib berish yoki mahsulot yoxud texnologiyani qo‘llash uchun yetarli resurslarning mavjudligi yoki ularni namoyish etish imkoniyati.


Amaliyotda shunday holatlar ham uchrab turadiki, patent egasi undan foydalanish huquqini boshqa shaxsga royalti deb ataluvchi davriy to‘lovlarni to‘lash hisobiga tegishli shartnomada tilga olingan belgilangan davrga taqdim etadi. Bunday to‘lovlar patent egasi hisobida ular kelib tushgan davrdagi moliyaviy faoliyatdan daromadlar sifatida aks ettiriladi:


5110 – “Hisob-kitob schyoti” debeti
9510 – “Royaltidan daromadlar” krediti.
Tovar belgilari, savdo markalari va atamalari – belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan hamda boshqa firmalar tomonidan ruxsat berilmagan tarzda foydalanishdan qonun bilan muxofaza qilingan korxonalar nomi (masalan, “Koka-Kola”) va bu korxonalar mahsulotlarining (“Fanta”) nomlaridir. Tovar belgilari, savdo markalari va atamalariga xarajatlar hamda ular muxofazasini ta’minlash kapitallashtiriladi. “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joylarning nomlari to‘grisida” gi qonunga muvofiq tovar belgisi sohibi (litsenziar) boshqa shaxsga (litsenziatga) litsezion shartnoma bo‘yicha tovar belgisidan foydalanish huquqini berishi mumkin. Shuningdek, tovar belgisiga bo‘lgan tanxo huquqni berish ham mumkin. Bunda litsenzion shartnoma litsenziat tovarlarining sifati u nazorat qilishni nazarda tutayotgan tovarlar sifatidan past bo‘lmasligi shartini o‘z ichiga olishi lozim.
Franchayzing – bir korxona tomonidan boshqasiga unga qarashli aktivlardan, shu jumladan savdo markalar va atamalari (“Dok-pitssa”, “1S:Buxgalteriya”) kabi nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqining berilishi, buning ustiga, bevosita belgilanishi bo‘yicha mazkur aktivlardan foydalanish hamda taqdim etiladigan xizmatlar (tovarlar)ning belgilangan sifat standartlariga rioya qilish bunday huquq berilishlarining majburiy sharti hisoblanadi.
Korxonaning franchayzing huquqlarini harid qilishga boshlang‘ich xarajatlari ular taqdim etilgan muddat davomida kapitallashtiriladi va amortizatsiya qilinadi.
Franchayzing huquqlarining sotuvchisiga to‘lanadigan haridorning joriy to‘lovlari (masalan, reklama, texnikaviy va boshqa qo‘llab-quvvatlashlar) kapitallashtirilmaydi va joriy xarajatlarga kiritiladi.
Franchayzing huquqlariga ega iqtisodiy jihatdan befoyda bo‘lgan holatlarda mazkur huquqlarga xarajatlar aktiv qiymatining yo‘qolishi (asosiy vositalarga o‘xshab) sifatida hisobdan chiqarilishi lozim.
Dasturiy ta’minot. Kompyuter uchun dasturiy ta’minotni tashkil etishga ketgan xarajatlar hisobida qaysi xarajatlar kapitallashtirilishi, qaysilari esa bunday qilinmasligi muhim masala hisoblanadi. Milliy standartlarda bu savolga javob yo‘qligi sababli, xalqaro standartlarga murojaat qilamiz.
Buxgalteriya hisobining xalqaro amaliyotida ichki foydalanish uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha (ya’ni savdo uchun mo‘ljallanmagan) kompaniya xarajatlari, odatda, ular yuzaga kelishga ko‘ra joriy davr xarajatlariga kiritiladi.
Savdo yoki ijara uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotni tashkil etishning texnikaviy imkoniyatini belgilashga ketgan barcha xarajatlar tadqiqot va ishlanmalarga doir xarajatlar hisoblanadi, ular ham yuzaga kelishi bo‘yicha joriy davr xarajatlariga kiritiladi.
Dasturiy mahsulotning birinchi nushasini (uning asosida ko‘p aytiriladi) tashkil etish xarajatlari kapitallashtirilishi lozim. Ular dasturiy mahsulotning yozilishi va testdan o‘tqazilishi xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Mualliflik huquqlari fan, adabiyot va san’at soxasida o‘z asarlarini monopol tarqatish va ko‘paytirish uchun mualliflarning qonun tomonidan kafolatlangan huquqlari hisoblanadi. Ular oldi-sotdi yoki vaqtinchalik boshqa shaxsga o‘tqazilish ob’ekti hisoblanadi. “Mualliflik huquqlari” Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati haqiqiy xarajatlar bo‘yicha aniqlanadi, amortizatsiya esa uning yuridik hayoti muddati yoki kompaniya faoliyati muddatiga muvofiq, ularning qaysi biri qisqaligiga bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Tashkiliy xarajatlar – korxona faoliyatini tashkil qilish (yuridik rasmiylashtiruv va maslaxatlar, ro‘yxatdan o‘tqazish, tarjimon, kanselyariya xizmatlari va hokazolar) bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardir. Mazkur harajatlar kapitallashtirilishi mmkin. Ular bir qancha davrlarga tarkalishi va kelgusida foyda olishga imkon berishi holatlari bunga asos bo‘ladi.
Tashkiliy xarajatlar odatda erkin tarzda tanlangan 5 yildan oshmaydigan qisqa muddatda amortizatsiyalanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda tashkiliy xarajatlar uzoq muddatli nomoddiy aktivlarga kiritilmasligini, kelib tushishi bilan darxol savdodan tushumlar hisobiga undirilishini ta’kidlab o‘tish lozim.
Gudvill yoki firma bahosi korxonani harid qilish chog‘ida yuzaga keladi va sotib olinayotgan korxona uchun haq hamda uning sof (majburiyatlarni chegirgan holdagi) aktivlarning baholovchi (bozor) qiymati o‘rtasidagi farqni ifodalaydi. Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan firma bahosi (gudvill) haridor sotib olinayotgan korxona uchun mazkur korxona aktivlarini alohida sotib olinganda yuzaga keladigan aktivlarning haqiqiy bozor qiymatidan yuqori narxda to‘lagan holatida yuzaga keladi. Agar haridor ayrim obe’ktlarning haqiqiy qiymatidan (harid qilinayotgan korxona majburiyatlarini chegirgan holda) yuqori narx to‘lagan bo‘lsa, u holda sezilmaydigan (ko‘zga ko‘rinmaydigan) aktivlar yuzaga keladi, bundan esa bu ortiqcha to‘lov “firma bahosi” ni tashkil qiladi, degan xulosa chiqarish mumkin. Ya’ni gudvill faqatgina korxonaning yaxlit oldi-sotdisida aks ettirilishi mumkin, chunki u mustaqil hisob birligiga ajratilmaydi hamda korxonaning boshqa aktivlari bilan birgalikdagina amal qiladi.
Gudvillning yuzaga kelishi sabablari turli xil bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p uchraydiganlari jumlasida, odatda, g‘ayrioddiy samarali reklama siyosati, alohida ta’sirchan sotish tizimi, boshqaruv guruhining ustun raqobatchilari mavjudligi, kompaniyaning qulay yoki imtiyozli me’yoriy-huquqiy ish rejimi yoki soliqqa tortish shartlari, raqobatchilar egallab olmaydigan ishlab chiqarish sirlaridan foydalanish, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirishga oid noyob dasturni o‘tqazish, mol yetqazib beruvchilar bilan g‘oyatda barqaror, samarali va ishonchli aloqalarning mavjudligi va boshqalarni aytib o‘tish lozim. Mazkur omillarning sanab o‘tilishi gudvillning korxonannig butun faoliyati davomida amal qilishidan, biroq u faqatgina korxona sotilishida, firma harid qilinayotgan baho – ob’ektiv ma’lumot asosidagi uni baholash imkoniyati mavjud bo‘lgan holatdagina aks ettirilishidan dalolat beradi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling