O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Hisob olib borish majburiyati


Download 0.69 Mb.
bet78/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

4. Hisob olib borish majburiyati. Moliyaviy hisob - rasmiy hisob bo‘lib, barcha korxona va tashkilotlar uchun uni yuritish majburiydir. Moliyaviy hisobot hujjatlari soliq idoralariga taqdim etiladi, ular auditorlarning tekshiruv ob’ekti hisoblanib, chop etilishi shartdir. Boshqaruv hisobini olib borish zaruriyati esa korxona rahbarlari tomonidan hal etiladi. Shu bois qiymati past bo‘lgan axborotni to‘plash va qayta ishlashning hech qanday ma’nosi yo‘q.

5. Hisob olib borish qoidalari. Moliyaviy hisob olib borish qat’iy bo‘lib, u davlat me’yoriy hujjatlari va milliy standartlari asosida boshqariladi.
Boshqaruv hisobini olib borishda esa me’yor va qoidalar korxona tomonidan belgilanadi. Tashkilotning boshqaruv apparati bu qoidalar foydaliligiga bog‘liq ravishda har qanday ichki qoidalarga ergashishi mumkin. Boshqaruv hisobi qoidalarini asoslaydigan maqsad esa uning samaradorligi darajasi hisoblanadi.


6. Hisob tamoyillari. Moliyaviy hisob umumiy tamoyillarga tayanadi, bo‘lar ikqilamchi hisob tamoyili, korxonaning xolislik, ma’lumotlarning qiyoslanish tamoyili va h.k. Bu tamoyillarga buxgalterlarning o‘zlari bilan bir qatorda nazoratchi idoralar ham amal qiladilar.
Boshqaruv hisobi umumiy tamoyillarga ega emas, asosiy narsa foydalanishdagi oddiylik va qulaylikdir.


7. Hisobning asosiy ob’ektlari. Moliyaviy hisobotlarda korxona odatda yagona, bus-butun deb ta’riflanadi. Ko‘p tarmoqli faoliyat olib boruvchi yirik korxonalar har bir soha bo‘yicha, ya’ni korxonaning katta segmentlari bo‘yicha kirim va daromadni aks ettirishi shart.
Boshqaruv hisobi, odatda, korxonaning alohida bo‘limlari: bo‘limlar,ssexlar, uchastkalar, ish joylari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi.


8. Hisobning asosiy tuzilmasi. Moliyaviy hisob quyidagi asosiy tenglikda quriladi:

AKTIVLAR = O’Z KAPITALI + MAJBURIYATLAR


Boshqaruv hisobidagi axborot tuzilmasi, tarkibi uning foydalanuvchilarning ehtiyojlariga bog‘liq. Boshqaruv hisobining har qanday tizimi, eng avvalo, xarajatlar, daromadlar va aktivlar kabi kategoriyalarga tayanadi va asosli qurilmalardan o‘ziga yoqqanini tanlab oladi. Bu tuzilmalarni qo‘llashda asosiy mezon uzatiladigan axborotning foydaliligidir.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling