O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Download 0.69 Mb.
bet75/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

iqtisodiy tahlil - erishilgan natijalarni baholash, bundan keyingi taraqqiyotning ichki va tashqi zaxiralarini aniqlash sohasida olib borilgan ishlar majmui;

taxminlash - kelajakda o‘rni bo‘lishi ehtimol to‘tilgan iqtisodiy jarayonlarning ssenariylari va modellari, farazlar majmui. Taxminlar, odatda, bir qancha variantlarda ko‘riladi, bu bundan keyingi amallarning turli-tuman muqobil uslublarini o‘rganish va ulardan eng yaxshilarini tanlab olish imkonini beradi;

qarorlar qabul qilish - korxona oldida turgan maqsad va vazifalarga etishish uslublari majmui;

prognozlash - bo‘lajak amallar uslublarini, xo‘jalik yuritish ob’ekti rivojlanish yo‘lini belgilovchi rejalar, dasturlar va byudjetlar ishlab chiqish va qabul qilish jarayoni.
Shuni ta’kidlash joizki, ayrim mualliflar boshqaruv vazifasi sifatidagi prognozlash jarayonini alohida ajratib ko‘rsatmaydilar va uni kichiq tizim sifatida qarab chiqadilar. Lekin har qanday boshqaruv jarayoni o‘z maqsadidan kelib chiqqan holda boshqasidan farq qiladi. Prognozlashning maqsadi – taxminni tuzish, rejalashtirish maqsadi esa, rejalar va ular asosida dasturlar va byudjetlar tuzish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, rejalardan farqli o‘laroq prognozlashlar majburiy ijroni talab etmaydi.
Yuqorida bayon etilganlarga tayanib, biz prognozlash jarayonini boshqaruvning alohida vazifasiga ajratishni maqsadga muvofiq deb bilamiz.
Boshqaruvning alohida vazifasi sifatida qaror qabul qilishni ham ajratib qo‘yish zarur. Qarorlar qabul qilish jarayoni, odatda, korxona oldida turgan maqsad va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi. Undan oldin esa dastlabki axborotni tahlil qilinadi, Shuningdek, korxonaning strategik va taktik taraqqiyotining turli variantlari prognoz qilinadi va modellashtiriladi. Tanlangan muqobil variant qabul qilinadigan qarorga asos bo‘ladi, Shundan keyin unga echish algoritmi quriladi.
Boshqaruv ob’ekti (manbai)ga aniq maqsadda ta’sir ko‘rsatish uni loyihalashtirilayotgan va erishilgan tavsifnomalarga mutassil qiyoslashni, aniq o‘lchashlarning me’yoriy, rejaviy va taxminiy ko‘rsatkichlardan og‘ishlarini aniqlashni ko‘zda tutadi. Nazorat funksiyasining mohiyati Shundaki, unda ogohlantiruvchi tartibda olib borilishi uchun nafaqat sodir bo‘lgan, balki sodir bo‘lishi ehtimol to‘tilgan og‘ishishlar haqida signal berishning barcha tusmolli holatlari nazorat qilinadi.
Nazorat funksiyasidan oldin har doim hisob funksiyasi keladi, Uning mazmuni xo‘jalik operatsiyalari haqidagi birlamchi axborotni qayd etish jarayonlari va ma’lumotlarni qat’iy belgilangan belgilar, yo‘nalishlar, davrlar bo‘yicha guruhlashtirishdan iborat. Hisob sharofati bilan mulklarning but-butunligi ta’minlanadi, Shu bilan birga, boshqaruv sub’ekti mavjud zaxiralar haqida axborot olish imkoniyatiga ega. Aynan hisob ishlab chiqarish korxonadagi uning natijalari hisobidan aniq nazorat o‘rnatish imkonini yaratadi.
Shunday qilib, boshqaruv jarayonining uchinchi bosqichida boshqaruvning yana ikki funksiyasi – hisob va nazorat Yuzaga keladi, ular yordamida boshqaruvchi tizim va boshqaruvchi manba o‘rtasida teskari aloqa barqaror saqlab turiladi.
Boshqaruvning yakuniy bosqichida tartibga solish va rag‘batlantirish funksiyalari amalga oshiriladi. Ular salbiy og‘ishishlarni bartaraf etishga, Shuningdek, ijobiy natijalarni mustahkamlash va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan ishlar majmuidan iborat. Rostlash – boshqaruv tizimini voqealar rivojiga, undagi o‘zgarishlarga, ya’ni boshqariladigan tizimni zaruriy doiraga keltirish jarayoniga moslashtirishdan boshqa narsa emas.
Rag‘batlantirish boshqaruvning tashkil etish va tartibga solish funksiyalari bilan bir vaqtda Yuz beruvchi funksiyasini ham o‘zida namoyon etadi. Bu ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining Shunday dalillash vositasini, u korxona maqsad va vazifalarini aniqlashga va Shu maqsadlarga muvofiq keluvchi qarorlar qabul qilishga undaydi.
Shunday qilib, boshqaruvchi tizim funksiyalar vositasida boshqariluvchi ob’ektga aniq maqsad bilan ta’sir ko‘rsatadi. Bu funksiyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va hamkorlik boshqaruvning bir-biriga bog‘lash zaruriyatini tashkil etadi: iqtisodiy tahlil – prognozlash - qarorlar qabul qilish - rejalashtirish – tashkil etish – buxgalteriya hisobi – tartibga solish – rag‘batlantirish – iqtisodiy tahlil va h.k. Bunda Shu narsani nazarda to‘tish lozimki, boshqaruvning alohida bosqichlari, funksiyalari goh tushirib qoldirilgan yoki birlashtirib yuborilgan yoki ularni qo‘llash izchilligi o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin.
Boshqaruv qarorlar qabul qilish jarayoni uch asosiy muvaqqat bosqichdan iborat:
1) dastlabki boshqaruv bosqichi (rejalashtirish funksiyasi);
2) tezkor boshqaruv bosqichi (boshqaruvni tashkil etish funksiyasi);
3) boshqaruvning yakuniy bosqichi (nazorat funksiyasi).
Moliyaviy hisob nafaqat ichki boshqaruv uchun foydalaniladigan, balki kontragentlar, ya’ni tashqi foydalanuvchilarga xabar qilinadigan axborotni qamrab oladi. Ushbu axborot ham nazoratchi davlat organlari, ham kompaniyalarning hissadorlari, obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarning egalari, qudratli investorlar ehtiyojlarini qondirishi kerak. Uni yuritish me’yor va qoidalari milliy buxgalteriya hisobining andozalari vositasida boshqarib turiladi. Boshqaruv hisobi esa korxonani boshqarishning ichki vazifalarini hal etishga mo‘ljallangan bo‘lib, «nou xau» hisoblanadi. Moliyaviy hisobdan farqli o‘laroq boshqaruv hisobi sub’ektiv (xususiy) va konfedensial (sirli)dir, biroq aynan u boshqaruv qarorlari qabul qilishni ta’minlashda asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi va u bilan yuksak darajadagi mutaxassislar Shug‘ullanadilar.
O‘zbekiston korxonalarida ko‘pgina buxgalterlar an’anaviy buxgalteriya hisobi bilan Shug‘ullanadilar. Ko‘pgina korxonalarda boshqaruv hisobi olib borilmaydi yoki juda zaif rivojlangan. Ko‘pgina unsurlari bizning an’anaviy buxgalteriya va operativ hisobimizga, iqtisodiy tahlilimizga kiradi. Shu bilan birga, O‘z-bekiston hisob amaliyoti hali marketing imkoniyatlaridan foydalangan emas, unda haqiqiy xarajatlarning taxminiylardan og‘ishishlari aniqlashdagi, mahsulot sotishning zararsizlik nuqtasini aniqlash, byudjetlashtirish, transfert bahoni shakllantirish, ichki hisob va auditni metodikasi kabi katta imkoniyatlardan foydalanilmaYapti va h.k.
Boshqaruv hisobining tiklanishi va shakllanishini kalkulatsion va ishlab chiqarish hisoblarini rivojlanishi tarixidan alohida holda to‘g‘ri tuShunish mumkin emas. Eng avvalo, tovarlar rentabelligini, bozor narxlarining foydalilik darajasini baho-lash quroli sifatida kalkulatsiyalashning ahamiyati ortib ketdi. Foyda olish uchun tovarlar bozorda o‘z tannarxidan Yuqoriroq narlarda sotilishi zarur.

Foyda, asosan, ishlab chiqarish sohasida yaratiladi, biroq muomala jarayonida moddiylashadi.
Tovarlarning bu darajadan past narxda sotilishi ishbilarmon uchun zararni anglatadi. Aynan zarardan qo‘rqish, ya’ni zarar ko‘rish, kalkulyatsiyaning ahamiyatini oshirib yuboradi. Korxona bo‘yicha umuman sarf qilingan xarajatlar va olingan daromadlar to‘g‘risidagi axborotning to‘g‘ri qayd qilinishi va aks ettirilishi amallari emas, balki ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar turlari nuqtai-nazaridan bunday qaydlarning prognozlash birinchi o‘ringa chiqib oladi. O‘z navbatida, raqobat ko‘rashi, narxlarni pasaytirish oqibati, zaruriyati va imkoniyati sifatida narxlarni pasaytirish chegarasini aniq bilish uchun tannarxni kalkulatsiyalash ahamiyatini oshirib yubordi.
Kalkulatsion buxgalteriya o‘z vazifalariga ega bo‘la boshladi, ular ishlab chiqarishni samarali boshqarishga hamkorlik qilishga yordam berardi, ya’ni boshqaruv jarayonini tezkor tahliliy axborot bilan ta’minlashga, bo‘linmalar barcha ishlab chiqarish tuzilmalarini, ularning xarajatlari va darajalarini nazoratda saqlashga imkon tug‘dirdi.
Xarajatlarni tezkor nazorat qilish va tannarxni boshqarishdagi jiddiy zaruriyat, ishlab chiqarish va sotish tezkor kalkulatsion hisobining “Standart-kost” hisobi tizimiga olib keldi. Shuni ta’kidlash joizki, xarajatlarni me’yoriy aniqlashning ishlab chiqarish menejmenti tamoyillaridan biri hisoblangan uslubi F.Teylor va o‘sha vaqtdagi boshqa muhandislar tomonidan taklif etilgan edi.
“Standart-kost” hisobi tizimini yaratish va qo‘llash Shunga olib keldiki, kalkulatsion hisob sodir bo‘lgan xo‘jalik hodisalari va dalillarning Shunchaki qayd etuvchisi bo‘lishdan, og‘ishishlarni boshqarish asosida esa o‘z nigohini kelajakka qaratdi.
Kalkulatsion hisobni boyitishning boshqaruv hisobini tiklash yo‘lidagi navbatdagi bosqich hisoblangan boshqa yo‘nalishi “Direkt-kosting” hisobi tizimini ishlab chiqish hisoblanadi. “Direkt-kosting” tizimida mahsulot tannarxi birini o‘zgaruvchan xarajatlar qismida rejalashtiriladi va hisobga olinadi. O‘z xususiyatiga ko‘ra ular ishlab chiqarish xarajatlari hisoblanadi va ularni mahsulot qiymatiga ko‘proq to‘g‘ri yo‘l bilan kiritadilar. Doimiy xarajatlarni esa mahsulot tannarxiga kiritmaydilar, balki ular Yuzaga kelgan o‘sha davr faoliyati natijalariga o‘tkazib qo‘yadilar.
Boshqaruv hisobini vujudga keltirish va rivojlantirish yo‘lida mavjud buxgalteriya bazasida ikki mustaqil schyotlar rejasi – moliyaviy va boshqaruv hisobini qo‘llash amaliy qadam bo‘lib qoldi.
Ichki hisob korxonada faoliyat yurituvchilarni axborot bilan ta’minlaydi, korxona ichida amalga oshiriladigan muomalalarni qayd etib boradi va aksariyat hollarda ancha batafsil bo‘ladi va keng ma’lumotlardan iborat.
Moliyaviy hisobning qabul qilingan tamoyillari boshqaruv hisobida ham amal qilishi mumkin, chunki korxona rahbarlari o‘z faoliyatlarida tekshirilmagan xususiy baholar va fikrlarga tayanib, ish qilishlari mumkin emas. Bundan tashqari, har ikkala kichiq tizim axborotidan zaruriy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun foydalaniladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling