O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Download 0.69 Mb.
bet73/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

Nazorat savollari
  1. Xususiy kapital nechta qismdan iborat?


  2. Mulkchilikning turli shakllardagi korxonalarda Nizom kapitalining miqdori qanday tartibda belgilanadi


  3. 8300-«Nizom kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlar» schyotini yoriting hisobga olinadi.


  4. Davlat va xususiy korxonalar, shirkatlar va sherikchilik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun Nizom kapitalining holati va harakati haqidagi ma’lumotlarni jamlashga mo‘ljallangan buxgalteriya scheti


  5. Nizom kapitaliga qo‘yilmalarga oid xo‘jalik sub’ekti muassislari bilan barcha turdagi hisob-kitoblar haqida ma’lumotlarni jamlashga mo‘ljallangan buxgalteriya scheti


  6. Xususiy xo‘jalik yurituvchi sub’ektning Nizom kapitalini shakllantirishdagi buxgalteriya o‘tkazmalari?


  7. Qo‘shilgan kapitalning mavjudligi va harakati haqidagi ma’lumotlarni jamlashga mo‘ljallangan buxgalteriya scheti.




13 - BOB. BOSHQARUV HISOBI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI
13.1. Boshqaruv hisobi va uning ahamiyati
Hozirgi sharoitda olingan axborot oliy sifatli va samarador, ham ichki, ham tashqi foydalanuvchilar talabini qondiradigan bo‘lishi lozim. Bu Shuni anglatadiki, buxgalteriya axboroti ko‘rsatkichlarning eng kam miqdoridan iborat bo‘lishi, ammo boshqaruv ierarxiyasining turli darajalaridagi uning foydalanuvchilaridan eng ko‘p miqdorini qondirishi lozim. Taqdim etiladigan axborot zarur, muhim va maqsadga muvofiq bo‘lishi, ortiqcha ko‘rsatkichlarni istisno etishi kerak. Bundan tashqari, buxgalteriya axboroti eng kam miqdorda mehnat va vaqt sarf qilgan holda shakllantirilishi zarur.
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga tayanib, “Boshqaruv hisobi”ga quyidagi ta’riflarni berish mumkin:


Birinchidan, boshqaruv hisobi - bu faqatgina Shu kunlarda bizning amaliyotda qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdangina iborat emas.

Ikkinchidan, boshqaruv hisobi - faqatgina hisobni (buxgalteriya va tezkor hisobni) emas, balki hisob ma’lumotlarini qayta ishlash va ularning tahlilini ham o‘z ichiga oladi.

Uchinchidan, boshqaruv hisobi - istiqbolni belgilashga, qaror qabul qilishga va boshqaruvga zarur bo‘lgan ma’lumotlarning o‘z vaqtida va to‘liq etkazib berilishi ustidan nazorat qilishga alohida e’tiborni qaratadi.

To‘rtinchidan, boshqaruv hisobi - hisob va tahlil vazifalaridan tashqari, xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish, alohida turdagi mahsulotlarning rentabelligi va qaror qabul qilish ustidan boshqarish funksiyasini ham bajaradi.
Yuqorida qayd etilganlarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, hisob axboroti buxgalteriya hisobining o‘zi uchungina shakllantirilishi kerak emas, balki uning ichki va tashqi foydalanuvchilariga foydali bo‘lishi, taxminlash, rejalashtirish, me’yorlashtirish, tahlil va nazorat jarayonlarini amalga oshirish, ya’ni samarali boshqaruv qarorlari qabul qilishning muhim vositasi bo‘lishi uchun zaruriy asos bo‘lib xizmat qilishi kerak. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha talablarni qondirish uchun axborotni to‘plash, ishlov berish va aks ettirishning turli usullaridan foydalanish zarur.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bu muammo buxgalteriya hisobi butun tizimini ikki kichik tizim: moliyaviy va boshqaruv tizimiga bo‘lish orqali hal etilgan.
Ishlab chiqarish menejmentida boshqaruv sub’ektini aksar hollarda xo‘jalik rahbarlari, ko‘plab boshqaruv organlari tashkil etadi. Boshqaruv ta’siri qonunlarda, farmoyishlarda, rejalarda, dasturlarda, qarorlarda, me’yoriy xujjatlarda, tavsiyalarda, yo‘riqnomalarda, ashyolarda, moliyaviy rag‘batlar va vositalarda, axloqiy-taassurotda namoyon bo‘ladi. Boshqaruvning har qanday tizimi samaradorligi ko‘proq uning boshqaruv qurollaridan foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling