Oʻquvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda boʻladi


Sharqona tarbıyanıng o‘zıga xos jıhatlari


Download 6.43 Mb.
bet4/6
Sana30.10.2023
Hajmi6.43 Mb.
#1734731
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TARBIYA psixologiyadan

Sharqona tarbıyanıng o‘zıga xos jıhatlari :

Sharqona tarbıyanıng o‘zıga xos jıhatlari :

Sharqona tarbiya tushunchasi Sharq mamlakatlari xalqlariga mansub bo‘lgan xislatlarni o‘zida ifoda etadi. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, moddiy va ma’naviy madaniyat maskanlari qadim zamonlardan beri Yaqin, O‘rta va Uzoq Sharq mamlakatlarida vujudga keladi. Misr, Suriya, Iroq, Iordaniya, Turkiya, Yamaq, Sudan, Quvayt va boshqalar Yaqin Sharq mamlakatlaridir. O‘rta Sharq esa Eron, Afg‘oniston, Movarounnahr, Birma, Vetnam, Indoneziya, Tayland, Hindiston va boshqalarni, Uzoq Sharq - Xitoy, Yaponiya, Koreya, Rossiya Uzoq Sharqi mamlakatlarini o‘z ichiga oladi. Sharq xalqlarining barchasida xos bo‘lgan fazilatlar mavjud bo‘lib, ular jumlasiga xalqlarning vazminligi, sabr-toqatli bo‘lishi, ijtimoiy muammolarni kelishuv yo‘li bilan hal etish, foydali mehnat faoliyati bilan muntazam ravishda shug‘ullanib borish, mehribonlik, birdamlik va boshqalar kiradi.

Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini xalqlarning urfodatlarini, axloq-odobini o‘rganishga, tadqiq qilishga bag‘ishlagan ekan. Ittifoqo, o‘sha olimbizning yurtimizga tashrif buyurib, Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo‘libdi. Yurtiga qaytib borgach: “Hozirgacha o‘rgangan, tadqiq qilgan barcha ishlarimni o‘n besh yoshli o‘zbek qizalog‘ining o‘rnidan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha choy uzatishidagi odobiga, nazokatiga almashtirishga rozi edim”, degan ekan.1 Biz shunday yuksak madaniyatli xalqning farzandi ekanligimzdan har qancha faxrlansak arziydi, albatta.

Farzandlarning ota-onaga hurmati Sharqda hamma vaqt juda yuqori boigan. Farzandlar yoshligidanoq otasiga suyanib, onasining allasini tinglab, ularning mehriga qonib voyaga yetganlar. Ular ko‘ngliga mehr ona suti bilan kirgan, Hazrat Navoiy aytganlaridek, onani oy, otani quyosh deb bilganlar.Ota-onaga bo‘lgan bunday izzat- hurmat eilada shakllangan. Oilaga bunday jiddiy e'tibor berilishi bejiz emas. Oila va jamiyat o‘zaro bog‘langan. Oila - jamiyatning tarkibiy qismi. Jamiyatning barcha yutuq va kamchiliklari, ziddiyatlari oilada o‘z aksini topadi. Oilainsonning o‘zini ishlab chiqaruvchi muqaddas makon. U inson zotini, uning avlodini davom ettirish manbai. Ota-ona, oila bolalarni tarbiyalash va ularni jismonan hamda aqlan kamolotga erishuvi uchun mas'uldirlar. Bizning huquqiy-demokratik davlatimizning ravnaqi oila farovonligi bilan bog‘liq. Binobarin, «Oila - bizning xalqimiz uchun millatning ko‘p asrlik an'analari va ruhiyatiga mos bo‘lgan g‘oyat muhim hayotiy qadriyatlardan biridir».


Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling