O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari


xolos, bola yotganida bu egriliklar tо„g„rilanadi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/138
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#236054
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138
Bog'liq
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari

xolos, bola yotganida bu egriliklar tо„g„rilanadi. 

О‗smirlik  davrida  jinsiy  voyaga  yetish  oldindan  bel  egriligi  vujudga  keladi.  Umurtqa 

pogona  suyaklarini  suyaklanishi  asta  bola  yoshidan  о‗smirlik  davrigacha,  sо‗ng  katta  odamda 

ham davom etadi. Bolaning 10 yoshida ham umurtqalar orasidagi tog‗ay tо‗qimasi qalin bо‗ladi. 

Bolaning 14-15 yoshlarida shu tog‗ay tо‗qimalarida yangidan suyaklanish nuqtalari hosil bо‗ladi. 

Odamning  23-26  yoshida  umurtqaning  barcha  qismlari  suyaklashib  tutaydi.  Umurtqa 

pog‗onasini tez о‗sish protsessi о‗g‗il bolalarda qiz bolalarga qaraganda kechroq tugaydi. 

Yuqorida  keltirilgan  umurtqa  pog‗onasining  xususiyatlari:  yuqori  egiluvchanligi,  togay 

tо‗qimasi  qavatini  qalinroq  bо‗lishi  va  tо‗liq  bо‗lmagan  suyaklashish  bolalarni  parta,  stolda 

notо‗tri  о‗tkazilishi tufayli  umurtqa pog‗onasining turli normal  bо‗lmagan egriliklarini  vujudga 

kelishiga  sababchi  bо‗lishi  mumkin.  Umurtqa  pog‗onasidagi  notо‗g‗ri  shakllanish  bolaning 

qaddi-qomatini  buzilishiga  ba‘zi  umurtqa  pogonasini  bir  tomonga  egilib  qolishi  skolioz  va 

boshqa  potologik  holatlarga  sababchi  bо‗ladi.  Umurtqa  pogonasini  bо‗yin  va  bel  qismi  juda 

xarakatchan. Umurtqa pog‗onasida quyidagi harakatlar bо‗lishi mumkin: bukish va yozish о‗ng 

va  chapga  egilish,  shuningdek  kо‗ndalang  о‗q  atrofida  burilish.  Umurtqa  pog‗onasining 

xarakatchanligi  bolalarda  kattalarga  qaraganda  ancha  ortiq.  Katta  erkak  kishida  umurtqa 

gyugonasining uzunligi 75 sm, ayollarda esa 68 sm bо‗ladi. 

Kо‗krak qafas skeleti. Kо‗krak qafasi 12 juft qobirg‗alar tо‗sh suyagini birikishidan hosil 

bо‗ladi. Haqiqiy qobirg‗alar 1-dan 7-tog‗ay yordamida tо‗sh suyagiga qolgan 5 juft qobirgalarni 

8-9-10-juftlarning  tog‗ay  qismi  bilan  7  juft  qobirg‗aga  birikadi.  11-12-qobirg‗alarning  tog‗ay 

uchi  bо‗lmaydi,  bularni  uchi  erkin  bо‗lib,  biroz  harakatchan,  qobirg‗alar  umurtqalarga  bо‗g‗im 

orqali  birikkan  bо‗ladi.  Tо‗sh  suyagi  toq  suyak  bо‗lib,  uning  dastasi,  tanasi  va  о‗simtasi 

ajratiladi. Kо‗krak qafasining shakli bolaning yoshi va tana tuzilishining konstitusiyasiga bog‗lik 

bо‗ladi.  Odamlarda  ikki  xil  shaklidagi  kо‗krak  qafasi  uchraydi:  uzun  ensiz  va  qisqa  keng. 

Kо‗krak  qafasini  shakliga  tо‗sh  suyagi  ham  mos  keladi.  Kо‗krak  qafasining  asosiy  shakllari 

konussimon,  silindrsimon  va  yassi  bо‗lishi  mumkin.  Kо‗krak  qafasini  shakli  bolaning  yoshi 

ortishi  bilan  о‗zgarib  turadi.  Bolaning  birinchi  yoshida  kо‗krak  qafasi  konus  shaklida  bо‗ladi.  

Bolaning 2,5-3 yoshigacha kо‗krak qafasi tanasining 

                                                           

9

 



Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and 

Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004  137- bet mazmun 

va moxiyatidan foydalanildi 

 



 о‗sishi bilan parallel о‗sib boradi. Keyinroq gavdaning о‗sishi kо‗krak qafasini о‗sishidan 

tezroq  bо‗ladi.  Bolaning  12-13  yoshlarida  kukrak  qafasini  shakli  katta  odamning  kо‗krak 

qafasini shakliga о‗xshash bо‗ladi, lekin uning о‗lchamlari kichikroq bо‗ladi. Kо‗krak qafasining 

jinsiy  farqlari  15  yoshdan  hosil  bо‗laboshlaydi.  15  yoshdan  boshlab  kо‗krak  qafasining  sagital 

razmerlari  tez  ortib  boradi.  Nafas  olinganda  о‗til  bolalarda  kо‗krak  qafasidan  qobirg‗alar, 

qizlarda  esa  yuqorigi  qobirgalar  kо‗tariladi.  Kо‗krak  qafasining  aylanasida  ham  jinsiy  farqlar 

ajratiladi. 


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling