O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
1-мавзу: BOLALAR ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI ASOSLARI FANINI O‟RGANISH USULLARI Reja: 1. Anatomiyani tekshirish usullari 2. Fiziologiyani tekshirish usullari Tayanch sо„zlar: Perikussiya, Antropometrik, Inyeksiya, Korroziya, Rentgen, Anatomiyani о‗rganishda asosiy va eng kadimgi usul - murdani kesib tekshirish usuli hisoblanadi. Bu usul hozirgi vaqtda ham о‗z ahamiyatini yо‗qotmagan. Ayrim organlarni yoki butun murdani fiksatsiya qilish, ya‘ni konservlash usuli ham anatomik preparatlarni buzmasdan uzoq muddat saqlashga imkon beradi. Mikroskop ixtiro kilinishi bilan anatomiyada mikroskopik tekshirishning xilma-xil usullari yaratildi. Ayniqsa, ximiya, fizika fanlarining rivojlanishi bilan tо‗qimalarni turli ximiyaviy moddalarda bо‗yab, mikroskopda о‗rganish keng rivojlandi. Quyida odamlarda mavjud bо‗lgan texnika vositalardan foydalangan holda tekshirish usullari keltiriladi: -Antropometrik usul bunda gavdaning uzunligi, kengligi va ogirligi о‗lchanadi, olingan ma‘lumotlar organizmning ayrim bо‗laklariga takkoslanib, о‗sishi yoki о‗zgarishi kuzatib boriladi. -Inyeksiya usuli - ichi kovak a‘zolarga, qon tomirlarga turli xil kimyoviy buyoqlar yuborib о‗rganiladi. -Korroziya yoki yemirish usuli - ichi bо‗sh a‘zolar tez qotadigan modda bilan tо‗ldirilib, sо‗ngra turli kislota yoki ishqorlar suyukligiga solinsa, a‘zo tо‗kimalari yemiriladi va bо‗shligiga yuborilgan modda a‘zolar shaklini siklab qoladi. -Rentgen nuri yordamida о‗rganish usuli - bu usulda tirik odam tuzilishini о‗rganishga imkon beradi. -Paypaslab kо‗rish usuli.
-Perikussiya - barmoq yoki bolg‗acha bilan urib aniqlash usuli. -Auskultatsiya usuli - maxsus eshituv asboblari yordamida a‘zolar (yurak va о‗pka) uni ishlab turgan paytidagi eshitiladi. 2. Fiziologiyani tekshirish usullari. Odamni tugilishidan boshlab to voyaga yetguniga qadar organlarni funksiyalarini organizmni xulqini turli fiziologik asosida о‗rganib, muhim funksiyalarni yozib olib ma‘lumotlar tо‗rlanadi va ular analiz qilinadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling