O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari


Fiziologiyaning rivojlanish tarixi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/138
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#236054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari

Fiziologiyaning rivojlanish tarixi. 

Odamning  hayot  faoliyatini  о‗rganish  eramizdan  avval  yashab,  ijod  etgan  olimlar 

tomonidan о‗rganilgan. Juda qadim zamondan boshlab Yunon, Xitoy, Hindiston, Misrda tibbiyot 

fanlariga qiziqish katta bо‗lgan, ular funksiyalar tо‗g‗risidagi ilk tushunchalarga asos solganlar.  

Bunday olimlardan Bukrot 

 (Gippokrat), Arastu(Aristotel),  Jolinus  (Galogen),   Erazistrast   va boshqalarni eslatish 

mumkin. 

Buqrot  (460-377  y.  Eramizdan  avval)  kо‗xna  Yunonistonda  yashagan  buyuk  shifokor, 

tibbiyot, falsafa, etika va boshqa fanlarga katta xissa kо‗shgan. U inson sog‗lig‗iga tashqi muhit 

(havo, tuproq, suv, kuyosh)ni kuchli ta‘sir etishi tо‗g‗risida fikr yuritib, kitob yozgan. 

U  odamlarning  xulq-atvori,  xis-tuyg‗usi,  xatti-harakatlari  turlicha  bо‗lishini  о‗rganib 

insonlar temperamenti (mijozi) haqida asar yozgan. U odamlarni tо‗rtta mijozga bо‗ladi. 

Buqrotni meditsinaning asoschisi deyish mumkin. 

Jolinus    (Gagen,      134-211      yillar)    chо‗chka    va    maymunlarda    tajribalar  о‗tkazib,  

anatomiya,      fiziologiyaga      katta    hissa    qо‗shadi.      U      birinchi      bо‗lib  odamning  ruhiy 

                                                                                                                                                                                           

 



xususiyatlari  bosh  miya  faoliyatiga  bog‗liq  bо‗lishini      aytgan.  Jolinus    qonni    tomirlarda  

tо‗xtovsiz    aylanishini      bilmagan.      Uning    kon  tо‗g‗risidagi  xato  fikrlari  15  asr  davomida 

hukmron  bо‗lib  keldi.  Quldorlik  va  feodalizm      davrida  yashab  ijod  etgan  haqikatni  yoqlagan 

kо‗pgina  olimlar  quvg‗in  qilindi,  bularning  ba‘zilari  о‗ldirildi.  О‗rta  asrlar  davomida  sharq 

mamlakatlarida  ilm  va  fan  juda  rivojlandi.  Shu  davrda  hozirgi  Markaziy  Osiyo  davlatlari 

hududida jahonga tanilgan kо‗pgina olimlar  yashab va ijod etadi.    Abu   Nosir   Muhammad   

Al-Farobiy   873   yilda   Sirdaryo   bо‗yicha joylashgan Farob qishlog‗ida tug‗ildi. Al-Farobiy 

о‗zining  160  dan  ortiq  asarlari  bilan  falsafa,  tibbiyot,  musiqa  nazariyasi,  tibbiyotga  kо‗p 

yangiliklar  kiritdi.  Al-Farobiy  tibbiyotga  juda  qiziqqan  anatomiya  va  fiziologiyadan  chuqur   

bilimga   ega   bо‗lgan.   U   nervlarni   sezuvchi   va   harakatlantiruvchi nervlarga bо‗lgan, 

yurak faoliyatini nervlar boshqaradi deb taxmin qilgan. 

Ismoil  Djurjoniy  (1080-1141)  moxir  vrach,  yirik     olim  sifatida taniladi. 

U  shox  saroyida  vrach  bо‗lib  xizmat  qiladi.  Uning  «Xorazmshox  mо‗jizalari», 

«Kasallikni aniqlash usullari»,  «Tibbiyot  asoslari»  kabi.  kitoblari  ma‘lum va mashxur bо‗lgan. 

Ismoil  Djurjoniy  «Horazmshox  mо‗jizalari»  nomli  asarida  tibbiyotning  nazariy  va  amaliy 

masalalarini  yoritadi.  Kitobda  anatomiya  va  fiziologiyaga  oid  ma‘lumotlar  ham  keltirilgan.  U 

odam  sog‗ligini  saqlashi  uchun  zararli  ta‘sir  etuvchi  barcha  narsalarni  yо‗kotish  lozim  deb 

yozadi. U shuningdek mijozlar haqida bayon etib, mijoz nasldan-naslga о‗tadi deydi. Bu kitobda 

olim gigiyena masalalariga ham tо‗xtab, suv, havo, kiyim, uy-joy, xotirjamlik xolati, uyg‗oqlik, 

tush kо‗rish; masalalarni tibbiyot nuqtai nazaridan bayon etadi. 

Umar  Chakmoniy  1221  yilda  Buxoroda  tug‗iladi.  U  astronomiya,  matematika,  fizika, 

falsafa,  tibbiyot  fanlarni  о‗rganadi.  U  «Qonuncha»  nomli  asarini  tibbiyotga  bag‗ishlaydi.  Bu 

kitobda medysinaning nazariy va amaliy masalalari yoritiladi. Kitobda tabiat xodisalari va ularni 

odam organizmiga ta‘siri, odam anatomiyasi, g .,,liqni saqlash choralari chuyukliklarni ichish va 

• ularniodam organizmiga ta‘siri va b. bayon etiladi. 

Abu Bakr ar-Razoiy (865-925)  yashagan  yirik olimlardan hisoblanadi.  Ar-Roziy dastlab 

zargarlik  ishlari  bilan  shug‗ullanadi,  sо‗ng  ximiya,  tibbiyotii  о‗rganadi.  U  «Organlar 

funksiyalari»  nomli  kitobida  odam  tanasidagi  barcha  organlarni  funksiyalarini  bayon  etadi. 

Uning fikricha odamning kasallanishiga asosiy sabab havo, muhit, turmush sharoit, yil fasllarini 

о‗zgarishi sabab bо‗ladi. U «Nima uchun kuzda kasalliklar kо‗payadi» nomlm kitob yozadi. Ar-

Roziy  birinchi  bо‗lib  bemorga  diagnoz  (tashxis)  kо‗yishni  taklif  etadi.  Uning  kо‗rish  haqida 

«nurlarni  kо‗zdan  о‗tishi  haqida»  nomli  asari  muhim  ahamiyatga  ega.  Ar-roziy  «Odam 

organizmini  tuzilishi»  nomli  kitob  yozadi.  Uning  shuningdek,  «Yurak  haqida»,  «Jigar  haqida», 

«Organlar  funksiyalari  haqida»,  «Yurakning  ichki  a‘zolar  bilan  bog‗lanishi»  kabi  asarlari 

ma‘lum. 

Abu Ali Ibn Sino taxminan 980 yili Buxoro yaqinidagi Afshoka qishlogida tug‗ildi. U 17-

18 yoshidayok tanikli shifokor bо‗lib yetishib, Xorazmshox saroyida 10 yilcha xizmat kiladi. Ibn 

Sino umrining ikkinchi yarmini Eronda Hamadon hokimining hokimi va vaziri sifatida о‗tkazdi. 

Hamadonda 1037 yilda vafot etdi. 

Ibn  sino  tibbiyot  fanining  buyuk  namoyondasi  sifatida  butun  jahonga  taniladi.  Uning 

Besh  jildlik  «Tib  qonunlari»  asari  XII  asrda  arab  tilidan  lotinchaga  ag‗darilib,  qо‗lyozma 

shaklida Ovrо‗po mamlakatlariga tarqaladi. 

Bu  asarda  odam  organizmning  faoliyati,  fiziologiyasiga,  yosh  fiziologiyasiga,  jismoniy 

tarbiya,  giiyenaga  oid  ma‘lumotlar  bor.  U  tashki  muhit  odam  organizmiga  kuchli  ta‘sir 

kо‗rsatishini bayon etadi. 

Ibn  Sinoning  bolani  tarbiyalash  va  о‗stirish  tо‗g‗risidagi  fikrlari  diqqatga  sazovor.  Ibn 

Sino bosh miya va ichki a‘zolar faoliyati haqida tо‗g‗ri tasavvurga ega bо‗lgan. U nafas olish va 

chiqarishda  о‗pka  passiv  ishtirok  etishini  aytib  nafas  olganda  о‗pkaning  kengayishi  kо‗krak 

qafasining kengayishiga bog‗liq degan fikrni aytadi. 

Abu Ali  Ibn Sino  odamlarni issiq,  sovuq va issiq sovuq mijozlarga bо‗ladi.  Issiq mijoz 

odamlar  bir  xil  kasalliklar  bilan,  sovuq  mijoz  odamlar  boshka  kasalliklar  bilan  og‗riydi  deb 

fikrlagan. Issiq mijoz odamlar issiq narsalar ta‘sir etib uni kasallantiradi. Sovuq mijoz odamlar 




sovutuvchi  moddalar  sovuq  mijoz  odamlarni  kasallantiradi.  Ikki  holatda  xam  mutanosiblik 

buziladi. Shunga asoslanib qadimda odamlarni mijozga qarab davolaganlar. 

Fiziologiya  fani  eksperimental  tadqiqot  usulini  tatbiq  etadigan  ingliz  vrachi,  anatomi  va 

fiziologi Vilyam Garvey ishlaridan boshlanadi. 

Vilyam  Garvey  «Hayvonlarda  yurak  va  kon  harakatini  anatomik  tekshirish»  nomi  bilan 

1628 yili nashr qilingan mashhur kuzatishlar va tajribalarga asoslanib, qon aylanishning katta va 

kichik doiralari haqida, yurakning organizmda qonni harakatga keltiruvchi organ ekanligi haqida 

tо‗gri tasavvur berdi. Bu kashfiyot fiziologiyaning kuchli rivojlanishiga turtki bо‗ldi. 

XVII  asrning  birinchi  yarmida  fransuz  filosofi  R.Dekart  refleksni  kashf  etdi.  Lekin 

«refleks» iborasini о‗ziga kelsak uni XVIII asr oxirida chex olimi GLroxaski joriy qilgan.  

XUS-XUSH  asrlarda  S.Gels  qon  bosimini  о‗lchadi.  X.R.Sheyner  kо‗zga  optika  nuqtai 

nazardan  qaradi,  kо‗zdagi  muhitlarning  nur  singdirish  kobiliyatini  о‗rgandi  va  kо‗z  sezgilarini 

hosil  bо‗lishida  kо‗z  qavati  rolini  .  anikladi.  A.Galler  qо‗zg‗aluvchanlik  va  sezuvchanlik 

xodisalarini birinchi . bо‗lib о‗rgandi.  XIX  asrda fiziologiya mustaqil fan sifatida tez rivojlana 

boshladi. Fiziologlar organizm tinch turganda yoki biror ish bajarayotganda bо‗shab chiqadigan 

energiya miqdorini hisobga olish usullarini yaratadilar. 

Elektr bilan ta‘sirlash hamda organlar funksiyasini  kimograf, miograf, sfigmomanometr 

asboblari  yordamida  yozib  olish  metodikasi  yaratildi.  Buning  natijasida  anchagina  yutuklarga 

erishildi. 

XIX 


asrda 

asosan 


I.M.Sechenov, 

I.P.Pavlov, 

S.P.Botkin, 

A.A.Ostroumov, 

V.M.Bexterevlar  kabi  rus  olimlari,  fiziologlari  va  klinitsistlari  ishlab  chiqqan  progressiv, 

materialistik  ta‘limot  yaratildi.  Aka-uka  E.Veberlar  sayyor  (adashgan)  nervning  yurakka 

tormozlovchi 

ta‘sir 


etishini 

I.F.Sion 

simpatik nervning yurak qisqarishlarini tezlashtiruvchi ta‘sirini  kashf etdi. 

I.M.Sechenov  1862  yili  markaziy  nerv  sistemasidagi  tormozlanish  protsessini  ochgan. 

1863 yili «bosh miya reflekslari» asarini nashr qilgan. 

I.P.Pavlo dastlab yurak va qon aylanish fiziologiyasi bilan shug‗ullandi. 

I.Pavlov hazm tizimi a‘zolari faoliyatini о‗rganishga bag‗ishlangan ishlarga yakun yasab 

«leksii o rabote glavnmx pishevaritelnmx jelez» degan kitobini chop etdi. 

I.P.Pavlo reflekslar nazariyani rivojlanirdi. U va uning hamkorlari bosh miya katta yarim 

sharlari pо‗stlog‗ida sodir bо‗ladigan asosiy jarayonlarni о‗rgandi. 

1904  yilda  I.P.Pavlov  hzam  tizimi  fiziologiyasiga  oid  ishlari  uchun  Nobel  Mukofotiga 

sazovor  bо‗ldi.  I.P.  Pavlov  shartli  reflekslarni  kashf  etdi,  oliy  nerv  faoliyati  tiplarini  yaratdi, 

ikkinchi signallar tizimini о‗rgandi. 

I.P.Pavlov hayoti mobaynida 200 ortiq shogirdlar yetkazdi. Bular jumlasidan V.P.Babkin, 

L.A.Orbeli,  K.M.Bikov,  I.P.Razenkov,  P.K.Anoxin  kabi  jahonga  tanilgan  fiziologik  olimlarni 

eslatish mumkin. 

XX 

asrda fiziologiya fani AQSH, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliyada xolis keng 



rivojlana  boshladi.  Bu  davrda  elektrofiziologiya  sohasida  ulkan  yutuqlarga  erishildi.  Sezgir 

galvonometr 

kashf 

etilib 


yurakning elektr potensiallarichi qayd etiladi. 

I.P.Pavlovning        ichki        a‘zolarni        faoliyatini        о‗rganish        sohasidagi)  ishlarini 

S.London,  I.N.Razenkov,  G.K.Shligin  va  boshqalar  davom  etdirib  hazm  tizimining 

harakatlanishi, shira ajratish va sо‗rish faoliyatilarini о‗rganib kо‗pgina yangiliklar kashf etdilar. 

A.M.Ugolev oziq moddalar parchalanashini yangi mexanizmini membran hazmini topdi, 

ichak  gormonlarining  va  gipotolamik  markazlarning  ochlik  va  tо‗qlikni  boshqarishdagi 

ahamiyatini kо‗rsatib berdi. 

Boshka  ichki  a‘zolar  faoliyatini  boshqarish  mexanizmlarini  о‗rganishda  ham  katta 

yutuqlarga erishildi. 

Fiziologiyaning о‗zi kо‗p tarmokli fanga aylandi. Jumladan kiyosiy, evolyusion, kishlok 

xо‗jalik xayvonlari, sport, kosmik va о‗simliklar fiziologiyasi paydo bо‗ldi. 



Yosh  fiziologiyasi  umumiy  fiziologiya  bilan  boglik  xolda  rivojlanmay,  biroq  keyinrok 

rivojlana  boshladi.  Yosh  fiziologiyani  mustakil  fan  sifatida  tarkib  topishida  A.A.Leonova, 

A.R.Luriya,  N.D.Levitova,  B.G.Ananyev,  A.A.Morkosyan,  S.N.Speranskiy,  YE.I.Ignatyev, 

Z.I.Kolerova, A.A.Arshavskiy, A.S.Xripkovalarning xizmatlari katta. 

1962  yilda  A.Neysergning  «Bola  bosh  miyasi  faoliyatining  xususiyatlari»,  shu  yili 

F.Yanda, V.Kapalin, I.Kukarinlarning «Bolalar va о‗smirlar gigiyenpsi» nomli kitoblari bosilib 

chikdi.  1968  yili  Z.I.Kolarovaning  «Bola  oliy  nerv  faoliyatining  fiziologiyasi»,  1969  yili 

A.Morkosyaning taxriri ostida «Bolalar va о‗smirlarning morfologik va fiziologik xususiyatlari» 

nomli kitoblari chop etildi. 

1921  yilda  Toshkentda  Turkiston  dorilfununi  tashkil  topishi  О‗zbekistonda 

fiziologiyaning  rivojlanishiga  asos  bо‗ldi.  Fiziologiyaga  oid  dastlabki  ilmiy  tadqiqot 

izlanishlarga  Turkiston  dorilfununning  xayvonlar  fiziologiyasi  kafedra  mudiri  prof. 

E.F.Polyakov va shu dorilfunun tibbiyot kulliyoti qoshidagi normal fiziologiya kafedrasi mudiri 

prof. I.P.Mixaylovskiylar rahbarlik kilishdi. 

Hayvonlar      fiziologiyasi      ilmiy      xodimlar      asosan      qishloq      xо‗jalik  xayvonlari   

fiziologiyasi   bilan   shugullangan   bо‗lsa,   normal   fiziologiya kafedra   ilmiy   xodimlari   qon   

kо‗yish,   organizmni   tiriltirish,   yurak faoliyatiga moddalar ta‘siri kabi muammolar bilan ilmiy 

tadqiqot  ishlarni olib   bordilar.    Keyinchalik   Turkiston   (О‗rta   Osiyo)   dorilfununining 

fiziologiya  kafedrasiga  A.I.Izrail  va  prof.  A.S.Shitalinalar  rahbarlik  qildilar.  Toshkent  tibbiyot 

institut  normal  fiziologiya  kafedrasiga  uzok  vaqt  prof.  N.V.Danilov  rahbarlik  qildi.  Ularning 

rahbarligida  bir  qancha  mahalliy  xalk  vakillari  nomzodlik  va  doktorlik  dissertatsiyalarini 

yoklashdi.  Uzbekiston  fanlar  akademiyasi  akademigi  A.Y.Yunusov,  jumhuriyatda  xizmat 

kо‗rsatgan  fan  arboblari,  prof.  A.S.Sodiqov  va  prof.  A.X.Xoshimovlar  shular  jumlasidandir. 

Uzbekistonda  50-60  yillarda  yukori  haroratning  me‘da-ichak  faoliyatiga          ta‘siri            chukur     

о‗rganildi.     A.Y.Yunusov,     A.S.Sodikov, G.F.Korotko, Y.A.1Derbakov, K.R.Raximovlar о‗z 

ilmiy izlanishlari bilan issiq haroratda me‘daning shira ajratishi va harakatlanishiga, me‘da osti 

bezi  va ingichka ichak sekretor faoliyatiga kuchli, ba‘zan salbiy ta‘sir etishini kо‗rsatib berdilar. 

Andijon  tibbiyot  oliygohi  normal  fiziologiya  kafedrasi          mudiri          prof.          G.F.Korotko     

shogirdlari          bilan          hazm  fermentlarining  konga  о‗tishi,  konda  gidrolitik  fermentlar 

faolligining turgushshgini ta‘minlovchi qonuniyatlarini kashf etdi. 

A.Y.Yunusovning  (1910-1971)  О‗zbekistonda  fiziologiya  fanini  rivojlanishidagi  roli 

nihoyatda katta. Uning izlanishlari serqirrali bо‗lib,  issiq  iklim sharoitga  moslanish,  bu sharoit 

davomida  suv-tuz,  energiya  almashinuvidagi  о‗zgarishlarni  aniqlashga  karatilgan  edi. 

A.Y.Yunusov  yukori  haroratni  organizmning  qon,  tuz-suv,  almashinuvi,  energiya  almashinuvi, 

hazm funksiyalariga ta‘siri hakida bir necha ilmiy asarlar yaratdi. 

Olim fiziologiya fanini maktab va tibbiyot, pedagogika oliygohlarda о‗qitilishiga alohida 

e‘tibor  qaratdi.  Y.Yunusov  pedagogika  oliygoh  talabalar  uchun  «Odam  fiziologiya»  darsligini 

yozgan birinchi muallifdir. U fiziologik «lugatini» yaratdi. A.Y.Yunusov rahbarligida juda kо‗p 

fiziolog  olimlar  yetishib  chikdi.  Prof.  Z.T.Tursunov,  prof.  M.T.Mirzakarimova,  : 

X.SH.Xayritdinov,  prof.  K.R.Raximov,  prof.  E.M.Maxmudov,  prof.  U.Z.Qodirov,  prof. 

R.A.Axmedov, dots. N.K.Qodirovalar shular jumlasidandir. 

Prof. X.SH.Xayritdinov prof. U.Z.Qodirovlar hazm tizimi fiziologiyasi , masalalari ustida 

izlanishlar  olib  borishdi.  Prof.  X.SH.Xayritdinov  о‗zining  «Koramollarning  qatqorin 

sekretsiyasi»  deb  atalgan  doktorlik  dissertatsiyasida  kavsh  qaytaruvchilar  hazmidagi 

xususiyatlarni  yoritdi,  qatqorin  shirasining  tibbiyot  va  veterinariyada  davolash  omili  sifatida 

ishlatilishini kо‗rsatdi. 

U.Z.Qodirovning  ishlari  hazm  fiziologiyasining  turli  masalalariga  oid.  U  hazm 

a‘zolarining  о‗zaro  munosabatlarini  о‗rganib,  о‗n  ikki  barmoq  ichakka  о‗t-safro  harakat 

faoliyatlariga me‘da osti bezining sekretor faoliyatini keskin о‗zgarishini kо‗rsatdi. 

Prof.  E.S.  Maxmudov  issiq  haroratni  hayvonlarning  о‗sishi,  rivojlanishi  va  kо‗paiishiga 

salbiy ta‘sir qilishini kо‗rsatdi. 



О‗zbekistonda  yozgi  yukori  harorat  tana  harorati  barkarorligini  ta‘minlovchi 

mexanizmlarda va bu mexanizmlar bilan bogliq suv-tuz almashinuvini zо‗riqishni paydo qiladi. 

Bu sohada prof. Z.T.Tursunov, M.G.Mirzakarimovalarning ishlari muhim ahamiyatga molik.. 

Prof. Z.T.Tursunov miya yarim sharlarining pо‗stlogi suv-tuz almashinuviga katta о‗rin 

о‗ynashini,  hayvonlarni  miya  pо‗stlog‗ini  olib  tashlash  yukori  harorat  ta‘sirida  kuzatiladigan 

suv-tuz almashinuvidagi о‗zgarishlari kuchaytirishini kо‗rsatdi. 

M.G.Mirzakarimova  hazm  tizimi  a‘zolari,  suv-tuz  zahirasi  rolini  bajarishi  va  yuqori 

harorat sharoitda organizm  suv  taqisliginpi  yengishda shu  zahiradan foydalanishi mumkinligini 

isbotladi. 

V.A.Xojimatov  gipatalamo  –  gipofizar  tizimning  suv-tuz  ilmonsinuvidagi  ahamiyatini 

kо‗rsatdi. 

R.A.Axmedov  hayvonlar  va  odamda  yuqori  haroratda  tana  harorati  turgunligini  saqlash 

faqat fizikaviy boshqarishga emas, issiklik hosil qilishga ham bogliqligini isbotladi. 

Shunday  qilib,  О‗zbekistonda  fiziologiya  fani  fiziologiya  instituti,  pedagogika,  tibbiyot 

oliygohlarining kafyodralarida, har tomonlama о‗rganilmoqda. 

 

Odam tanasini о‗rganishda xо‗llaniladigan atamalar. 



Odam anatomiyasini о‗rganishda bir qancha tushuncha va atamalarni bilish kerak. Odam 

tanasining  s-  .~leti  kо‗llar  pastga  tushirilgan,  kaftlar  oldinga  qaratilgan  tik  holatda  ta‘riflanadi. 

Tana organlari holatini aniqlashda quyidagi yuzalar qо‗llaniladi: 

Gorizontal  yuza  -  yer  yuzasiga  parallel  bо‗lib,  tanani  biri  ikkinchisi  ustida  joylashga 

qismlarga bо‗ladi. 

Medial  yuza  -  о‗rta  yuza  tanani  simmetrik  о‗ng  va  chap  qismga  bо‗ladi.  Sagital  yuza  - 

о‗rta yuzaga parallel bо‗ladi. 

Frontal  yuza  -  peshana  yuzasiga  parallel  bо‗lib,  tanani  biri  ikkinchisi  oldida  joylashgan 

qismlarga bо‗ladi. 

Bu yuzalardan tashqari, boshqa bir qancha atamalar ishlatiladi: 

Medial yuza - о‗rta yuza. 

Lateral yuza - yon о‗rta yuzadan chetroqda. 

Kranial - kalla suyagiga xos, boshga yaqin. 

Ventral - oldingi, qorin yuzasiga yaqin 

Dorzal - orqaga xos, orqa. 

Proksimal - gavdaga yakin. 

Distal - gavdadan uzoq va b. 

Asosiy atamalar 

Anatomiya - kesaman 

Fiziologiya - «fizis» tibiat, «logos» fan. 

Gistologiya - hujayra haqidagi ta‘limot. 

 


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling