O‘rta maxsus kasb-hunar


Download 0.83 Mb.
bet11/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Ta’limning frontal, guruhiy va individual metodlari birligi va ularni optimal tarzda birga qo‘shib olib borish prinsipi. Bu prinsip xatti-harakatlarni sifatli bajarishga erishishda bolalarning emotsional – ongli, maqsad ko‘zlangan faoliyatidagi yagona yo‘nalganlikni, ta’limning turli
metodlari qo‘llanilganda uyushqoq- likni ko‘zda tutadi. Chunonchi: frontal metod qo‘yilgan vazifani bir vaqtda, ongli va ahil ravishda bajarishni talab etadi; guruhiy metod mas’ul, mustaqil va o‘zaro yordamni rag‘batlantirishni talab etadi; individual metod tarbiyachining ba’zi bolalarga zarur yordam berishi va ancha tayyorgarligi bor boshqa bolalarga nisbatan talabchanlikni oshirishda ifodalanadigan differensial rahbarligini talab qiladi. Ta’lim metodlarining yuqorida sanab o‘tilgan metodlardan foydalanish, bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy sog‘lomlashtirish vazifalarini samarali bajarishga xizmat qiladi.
Talablarni asta-sekin oshirib borish prinsipi. Bu prinsipning asosiy sharti bola oldiga birmuncha qiyin vazifalar qo‘yish va bajartirish hamda yuklama ko‘lamini va faolligini asta-sekin oshirib borishdan iboratdir.
Hayot uchun muhim bo‘lgan rang-barang malaka va ko‘- nikmalarga bajariladigan mashqlarni yangilab va o‘zgartirib turish bilangina erishish mumkin. Mashqlarni yangilash jarayonida harakat, malaka va ko‘nikmalarining hajmi kengayadi va boyiydi. Bu bolaga yangi harakat faoliyatini o‘zlashtirishga, o‘zlashtirgan harakatlarni takomillashtirishga yordam beradi.
Harakat faoliyati formalarini murakkablashtirish bilan birga bolaning kuchiga yarasha beriladigan jismoniy yuklama asta- sekin oshib boradi. Bu jismoniy fazilatlarning rivojlanish qo- nuniyatlari nisbatan bolaning kuchi, chidamliligi, tezkorligi bilan belgilanadi.
Izchillik, muntazamlilik va yuklamani dam olish bilan almashtirib turish ham majburiy shart hisoblanadi. Yangi birmuncha murakkab mashqlarni bajarishga o‘tish, yuklamaga nisbatan shakllanayotgan ko‘nikma va moslashishlarning mustahkamlanishiga ko‘ra sekin-asta kechishi lozim: yangi, yuqori darajada shug‘ullanganlikka erishish imkoniyatini yaratadigan moslashishga oid o‘zgarish uchun muayyan vaqt talab etiladi.
Ko‘rib o‘tilgan barcha prinsiplar o‘z mazmuniga ko‘ra o‘zaro kirishuvchan va mushtarakdir. Ularning barchasi o‘zida
yagona va faqat shartli ravishda alohida holda qaraladigan bir jarayonning muayyan jihatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ko‘rsatib o‘tilgan barcha prinsiplar faqat o‘zaro aloqadorlikdagina amalga oshirilishi mumkin.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling