O‘rta maxsus kasb-hunar


Download 0.83 Mb.
bet54/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Tayyorlov guruhidagi bolalar harakatli o‘yinlarni tashkil etishda ancha mustaqil bo‘lib qoladilar. Harakatli o‘yinlar o‘tkazadigan vaqt asosan ertalabki va kechki sayr paytiga to‘g‘ri keladi. Bir kunda bir nechta harakatli o‘yin o‘tkaziladi. Bolalarga tanish bo‘lgan zvenolarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinga to‘planish jarayonini quvnoq musobaqalar tarzida ham o‘tkazish mumkin.
O‘yinga rahbarlik qilish. Tarbiyachi xonani tayyorlashni, harakatli o‘yinlar uchun maydoncha tayyorlashni butunlay
bolalarga topshirib, o‘zi ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turadi.
Qanday o‘yin tanlashga kelganda ko‘pincha tarbiyachining so‘zi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tarbiyachi rejada ko‘zda tutilgan o‘yinni taklif qiladi. Shu bilan birga bolalarning orzu- istaklariga ham quloq solishi va imkoniyati boricha ularning aytganini qilib, bolalarning eng sevimli o‘yinlarini tashkil etib turishi kerak.
Vazifalarni taqsimlash ham bolalarning faol ishtiroki bilan amalga oshiriladi, yetakchilarni ham ularning o‘zlari tanlaydi- lar. Bunda sanoq o‘yinidan tashqari boshqa metodlardan ham foydalaniladi. Masalan, bolalar davra qurib turadilar, davra- ning o‘rtasida tarbiyachi bo‘ladi. Uning qo‘lida turgan cham- barakning gardishiga tashqi tomondan bir chiziq tortilgan yoki katta nuqta qo‘yilgan bo‘ladi. Tarbiyachi chambarakni barmoqlari bilan xuddi pirpirak singari aylantirib turib qo‘yib yuboradi. Chambarak aylanishdan to‘xtab yiqilganda undagi nuqta yoki chiziqcha kimga qarab turgan bo‘lsa, o‘sha onaboshi bo‘ladi. Shuningdek, doira o‘rtasida polga qo‘yilgan keglini aylantirish mumkin. Aylanishdan to‘xtagach, uning cho‘qqisi kimga qarab qolgan bo‘lsa, o‘sha onaboshi bo‘ladi. Yana shunday metod ham mavjud. O‘yinda qatnashayotgan bolalardan birontasining ko‘zi boylanadi; u doira markazida birnecha bor aylanganidan keyin to‘xtaydi va qo‘lini oldinga uzatib yuqorida aytilgan vazifani kim bajarishini ko‘rsatadi. Shunga o‘xshagan yana rang-barang metodlar mavjud bo‘lib, ulardan mohirona foydalanish zarur.
Tarbiyachi o‘yinni tushuntirar ekan, bolalar tomonidan uning qanday o‘tishini bilib olinishiga, bolalar personajlarning xususiyatini hamda harakat metodlarini tasavvur etishlariga, o‘yin qoidasini anglab olishlariga erishadi. Murakkab o‘yinlarni dastlab tushuntirgan vaqtda uning eng qiyin joylarini ko‘rsatib berish kerak, o‘yin qismlarini bajarib ko‘rsatish lozim. O‘yinni takroriy ravishda tashkil etgan vaqtda uning mazmunini, qonun- qoidalarini va borishini bolalarga yo tarbiyachining o‘zi eslatadi, yoki bu ishni o‘yinda qatnashayotgan bolalarning birontasiga topshiradi.
Ayrim ko‘rsatmalarni tarbiyachi o‘yin davomida ham berib boradi: qisqa-qisqa ogohlantirishlar berib qoida buzulishining oldini oladi, haddan tashqari faol bolalarni tinchlantiradi, sust- kash bolalarga dalda beradi, bor kuchini ishga solib harakat qilishga o‘rgatadi. Tarbiyachi o‘yinda qatnashayotgan har bir bola katta natijalarga erishishi mumkinligini, buning uchun u butun irodasini ishga solib halol o‘ynashi lozimligini, koman- daning muvaffaqiyati shaxsiy natijalarga bog‘liq ekanini har bir bolaning ongiga singdirishga harakat qiladi. Yetarli darajada chaqqonlik ko‘rsata olmayotgan, bo‘shroq bolalarga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lmaslik hollarining oldini olishga harakat qilgan tarbiyachi har bir bolaning imkoniyat- lariga xolisona baho beradi.
Komanda bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlarda o‘yin natijalarini yakunlash va g‘oliblarni aniqlash muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Tarbiyachi ijobiy natijaga erishish uchun qoidaga bino- an harakat qilish muhim ekanligini bolalar tushunib olishlari- da yordam beradi. Masalan, agar komandadagilardan birortasi estafetani uzatish qoidasini buzsa (aytaylik, vaqtidan oldinroq yugurib qolsa), komandaga jarima bali yoziladi yoki komanda yutqizgan hisobl anadi; o‘sha komanda marraga hatto birinchi bo‘lib kelsa ham unga mag‘lubiyat yoziladi. Har bir o‘yinning o‘z qonun qaidasi mavjud.
Albatta, bunday jazoning qay darajada qattiq bo‘lishi o‘yin qoidasi nechog‘lik buzulganligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘yinning borishiga yoki o‘yin natijasiga kattagina ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lmagan harakatlar (signal berilishidan ilgariroq harakat boshlab yuborish, raqib harakatini ongli ravishda to‘xtatib turish, qo‘pollik); o‘yin qoidasini ancha buzuvchi harakatlar hisoblanadi. Start chizig‘idagi qoidalarning sal-pal buzulishi yoki raqib harakatining beixtiyor to‘xtalishi o‘yin qoidasining jiddiy buzulishi deb hisoblanmasligi kerak. Bunday xatolar o‘yin natijalari yakunlanganda va turli komandalar egallagan o‘rinlarini taqsimlashda qat’iy baholarga tas’ir etmasligi kerak. Har bir bola o‘yin qoidalariga rioya qilib o‘ynashi kerak.
Bolalarning o‘yin vaqtidagi xulq-atvoriga to‘g‘ri baho beri- lishi tarbiyaviy maqsadlarda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi bolalarning u yoki bu xatti-harakatlariga o‘z muno- sabatini jiddiy ravishda asoslab berishi, o‘z bahosining to‘g‘ri ekanligiga ularni ishontira olishlari kerak. Tayyorlov guruhida- gi barcha bolalar harakatli o‘yinlarni mustaqil ravishda tashkil etish va o‘tkazishni o‘rganib olishlari kerak albatta. Tarbiyachi bolalarga mustaqil ravishda o‘yin tanlashni taklif etish bilan, uning qoidalarini bayon etib berish, rollarini taqsimlab chiqish, natijalarni yakunlash singari ishlarni bajarishni taklif etib, bolalarni bunday tashkilotchilikka aniq maqsadni qo‘llagan holda o‘rgatib borishi kerak. Tarbiyachi bolalarni o‘yin vaqtidagi ijodiy xarakterlarini rag‘batlantiradi, ularni o‘yinga yangi siljish harakatlari joriy etish, o‘yin qoidalarini o‘zgartirish singari yo‘llar bilan o‘yinning yangi-yangi ko‘rinishlarini yaratishga bolalar e’tiborini qaratadi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling