O`rta Osiyo xalqlari tarixini o`rganishda yunon-rim tarixchilari asarlarining o`rni va ahamiyatini o`rganishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Download 1.6 Mb.
bet8/11
Sana25.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1231260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
gulmira

III bosqich

Guruhlar bilan ishlash natijasida „Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulining III bosqichi quyidagicha amalga oshiriladi.

Guruhlar belgilanadi. O’quvchilar guruhlarga 5-7 kishidan bo’linishlari kerak.Guruhlarga bo’lish chog’ida guruhlarning kuchlari teng bo’lishiga ahamiyat berishi lozim. Har bir guruhga 2-3 nafar yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilarni va unchalik yaxshi o’zlashtira olmaydigan o’quvchilarni joylashtirib bo’lish kerak. Shunda bu usuldan samarali foydalanish mumkin. Agar guruhlarni bo’lish chog’ida guruh kuchlari teng bo’lishiga ahamiyat berilmasdan bir guruhga yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilar,ikkinchi guruhga yaxshi o’zlashtira olmaydigan o’quvchilar joylashib qolib bo’linsa,bunday vaziyatda guruhlar o’z fikrlarini, g’oyalarini, e’tirozlarini to’liq bildira olmaydi.
4.Har bir guruh o’tilgan mavzu nomlari yozilgan kartochkalaridan birini guruh sardori tanlab oladi va shu mavzuga tayyorgarlikni boshlaydi .
5.Guruhlar o’zlariga tushgan mavzularni o’z g’oya va tasavvurlari bo’yicha turli-tuman belgilar va rasmlar orqali yoritib berishlari kerak. Rasm va belgilar cheklanishlarga ega bo’lmasligi kerak. Lekin guruh o’ziga tushgan mavzuni shu belgi yoki rasm orqali mavzudan chekkaga chiqmagan holda o’z fikri, tasavvuri orqali yoritib berishiga imkon berilishi lozim.
6.Rasmlar,belgilar orqali mavzuni aks ettirish chog’ida eslab qolishi qiyin bo’lgan uzundan-uzoq ism, nom yoki yillar, rasm va belgilarga qo’shib yozib qo’yilishi mumkin.Bu esa o’quvchilarda juda ko’plab uchraydigan, ya’ni biror-bir mavzuni tushuntirayotganda, o’z fikrini bayon etayotganda biror-bir uzun so’zlar (oy, yil, ism,nom) esdan chiqib qolsa, o’quvchi shu yerda to’xtab qoladi va aytadigan fikri ham esdan chiqishi mumkin. Shuning uchun yoddan chiqadigan uzunroq ism , yil rasm yoki belgiga qo’shib chizib qo’yilsa , o’z fikrini tushuntirish chog’ida yoddan ko’tarilganda yuqoridagi ism, nom va yilga qarab yodga solishi va o’z fikrini davom ettirishi mumkin.Qolaversa eslab qolishi qiyin bo’lgan nom, ism, yil qaytadan mustahkamlanadi.
7. Rasmlar,belgilar chizib bo’lindi.Shundan so’ng har bir guruh o’ziga tushgan mavzusiga oid chizgan rasmi yoki belgisini tushuntirishi chog’ida bu rasmni nima uchun chizganligini,bu belgi qaysi voqeani tasvirlab berishi mumkinligini aytib o’tishi kerak.
8. Bu usulni iloji boricha,birinchi marta o’tkazilishi chog’ida (I-bosqichda ko’rsatilib o’tilgan) o’qituvchi o’zi biror-bir mavzuni olib o’zi qiziqarli belgilar,rasmlar orqali bayon etib,izohlab berishi kerak.Bu usul haqida o’quvchilarda qiziqish uyg’onadi va o’quvchilar bu usulni mustaqil bajarishlari uchun ko’nikma hosil bo’ladi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling