O’simliklarning hayotiy shakllari


Download 146.5 Kb.
bet3/3
Sana16.04.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1360413
1   2   3
Bog'liq
o\'simliklarning hayotiy shakillari

Ko’p yillik o’t:
gulsafsar.

Ikki yillik o’t:sigirquyruq.

Bir yillik o’tjag’-jag’.

Shunday qilib, gulli o’simliklar hayotiy shakllariga ko’ra daraxt, buta, yarim buta, ko’p yillik, ikki va bir yillik o’tlardan tashkil topgan.

O’simliklarning nomi

Daraxt

Buta

Yarim buta

Bir yillik o’tlar

Ikki yillik o’tlar

Ko’p yillik o’tlar

Terak

+

-

-

-

-

-

O’simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga hayotiy shakl deyiladi. 


Gulli o’simliklar hayotiy shakllariga ko’ra daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’tlarga bo’linadi. 
Daraxtlar - tanasi yog’ochlashgan, asosan, bitta yo’g’on tanali, baquwat ildizli va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklardir. Bular guli, mevasi, to’pguli, poyasining eni, bo’yi, shox-shabbasi va barglari bilan bir- biridan farq qiladi. Masalan, olma, o’rik, yong’oq va shaftolining shox-shabbasi yoyiq, qarag’ay va terakniki g’uj va tik, sada qayrag’ochniki sharsimon bo’ladi (8-rasm). 
Daraxtlar oz yoki ko’p yil yashashiga ko’ra turli xil bo’ladi. Masalan, Afrikada o’sadigan baobab daraxti 4000-5000 yil, archa, sarv 3000 yil, soxta kashtan 2000 yil, chinor 800 yil, o’rik va yong’oq 70-100 yil yashashi mumkin. 
Tabiiy holda tarqalgan daraxtlar sharoitga qarab bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, bir turga mansub bo’lgan va tog’larning shimoliy yonbag’irlarida o’sadigan daraxtlar janubiy yonbag’irlarida o’sadigan daraxtlardan shox-shabbasining ko’pligi, kengligi va balandligi bilan farq qiladi. Tog’larning o’rta qismidagi archa bo’ydor bo’lib o’ssa, eng balandlardagisi esa yerdan 0,5-1 m ko’tariladi, xolos. Bu hol o’simliklarni doimiy esib turadigan shamoldan va qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi. 
Daraxtlar orasida saksovulga o’xshagan nihoyatda mayda bargli yoki bargsiz, ildizlari baquwat, jazirama cho’llarda, qumlarda o’sadigan ajoyib turlar ham bor. 
Butalar - poyasi yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir nechta poya hosil qiladigan sershox ko’p yillik o’simlik. Bularga, ayniqsa, tog’lar yonbag’rida keng tarqalgan irg’ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, madaniy o’simliklardan anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin kabi o’simliklarni misol qilib keltirish mumkin. 
Yarim butalar - poyasining yuqori qismi qishda sovuq urib ketadigan ko’p yillik o’simliklardir. Cho’llarda keng tarqalgan yem-xashak o’simliklaridan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoqkabilar shular jumlasidandir. 
Ko’p yillik o’tlar - yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar. Bularga beda, ajriq, g’umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko’t, sallagul, qoqio’t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, shashir singari o’simliklar kiradi. Ko’p yillik o’tlar, ayniqsa, tog’larda keng tarqalgan. 
Ikki yillik o’tlar - urug’dan ko’karib chiqib, birinchi yili yer yuzida, asosan, baig (to’pbarg) hosil qiladigan, ildizi va baiglarida oziq moddalar to’playdigan o’simliklar. 
Ular ikkinchi yili poya chiqaradi va gullab, meva tugadi. Bularga lavlagi, sabzi, sholg’om, karam va boshqalar kiradi. 
Bir yillik ottlar nihoyatda xilma-xil bo’lib, ular bir yil ichida o’sadi, gullaydi va meva (urug’) tugib, o’z hayotini tugatadi. 
O’zbekistonda uchraydigan o’simliklarning yarmidan ko’prog’ini bir yillik o’simliklar tashkil etadi. Ularga oq sho’ra, jag’-jag’, machin, qora ituzum, baliqko’z va boshqalar kiradi. 
Qishloq xo’jaligida o’stiriladigan madaniy o’simliklarning juda ko’pchiligi bir yillik o’simliklardir. Bulaiga g’o’za, bug’doy, arpa, zig’ir, yeryong’oq, mosh, no’xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon va boshqalar kiradi. Bir yillik o’tlar orasida juda mayda, yer yuzidan 5-20 sm ko’tarilib o’sadigan momaqaldirmoq, qo’ytikan kabilarni, bo’yi 1 m ga yetadigan va hatto undan ham oshadigan kanakunjut, makkajo’xori va kanopga o’x shash o’simliklarni ham ko’plab uchra tish mumkin. 
Shunday qilib, gulli o’simliklar hayotiy shakllariga ko’ra daraxt, buta, yarim buta, ko’p yillik, ikki va bir yillik o’tlardan tashkil topgan. 


M ahalliy o’simliklar haqida bolalar tasavvurlarini mustahkamlash. Bolalar daraxtlarning 4-5 turi (tut, terak, qayrag’och, tol)ni (barglariga, po’stlog’iga, mevasiga qarab), butalarning xili(na’matak, maymunjon)ni(barglari, ranglari, mevalariga qarab) nomini aytishlar, farqlashlari, sabzavotlarning 6-8 xilini, mevali daraxtlardan 4-5 xili(olma, nok, anor, anjir, olcha)ning nomlarini, ranglari, shakli, mazasi, ovqatda iste’mol qilishda xarakterli belgilarini bilishlari kerak. Sabzavotlar va mevalar haqidagi umumlashtirilgan tasavvurlarni quyidagi belgilariga qarab shakllantirish: sabzavot va mevalar ovqatda qo’llaniladi, ularni maxsus yetishtiradilar: sabzavotlar poliz(dala)da o’sadi, mevalar esa bog’da yetishtiriladi.O’simlik(suv quyish, tagini yumshatish) va hayvonlar (ovqatlantirish, kattalar yordamida akvarium yoki qafasni tozalash)ni parvarishlashni bilishi Xona gullaridan aloe bilan tanishtirishni davom ettirish, ularni parvarish qilish yo’llarini o’rgatish. Bolalarda tabiatdagi go’zallikdan zavq olishni tarbiyalashni davom ettirish. Tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani buzmaslik(tevarak-atrofni iflos qilmaslik, o’t-o’lanlarni bosmaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, gullarni yulmaslik, buning oqibatida gullar, kapalaklar yo’q bo’lib ketishi, chumolilarning inini buzmaslik va h.k.)ni bolalar ongiga singdirish. O’simliklarning tuzilishi, ularning ayrim qismlari vazifalari haqidagi tasavvurni aniqlash va kengaytirish: ildizlar suvni, ozuqa moddalarni shimib oladi, bular poyalar orqali, tana orqali, shoxlar orqali yaproqlar, gullar, mevalarga yetkazilishi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. O’simliklarning o’sishi uchun havo, suv, quyosh, ozuqali tuproq zarurligini amaliy ishlar orqali tanishtirish. Zaruriy sharoitlar yetishmasligini bildiruvchi belgilarni bolalar bilishlari kerak: yorug’lik kam bo’lganida o’simlik yorug’lik tomonga cho’ziladi, yaproqlari va poyasi oqaradi, oziqa moddasi kam tuproqda o’simliklar sekin o’sadi, issiq bo’lmasa urug’ unmaydi, barglar yozilmaydi, suvsiz o’simliklar qurib qoladi. O’simliklarni ko’paytirishning usullaridan biri-qalamcha qilish bilan tanishtirish. Erta gullaydigan o’tsimon, butasimon o’simliklar va daraxtlar bilan tanishtirishni davom ettirish. Ba’zi daraxtlar(o’rik, bodom) avval gullab, so’ng barg chiqarishi, ba’zilari esa barg chiqarib(olma, behi) so’ng gullashini tushuntirish. Bahor tabiatning uyg’onish fasli ekanligi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish va chuqurlashtirish. Ayrim o’simliklarning piyozidan, daraxtlarning qalamchasidan, butasidan ko’payishi mumkinligini tushuntirish va o’rgatish. Maktabgacha ta’lim muassasasi hovlisida bolalar bilan birgalikda erta gullaydigan daraxt va gul ko’chatlarini ekish, tagini yumshatish va sug’orishga o’rgatish. Qurigan shox — shabbalarni qirqish, ko’milgan gul, tok va anor ko’chatlarini ochish va ularni parvarish qilish ko’nikmasini hosil qilish. Urug’lardan o’simliklar o’stirilishi (2-3 xil sabzavot gullaydigan o’simliklar misolida), o’simlikning o’sishi va rivojlanishidagi asosiy bosqichlar haqidagi(urug’ unib chiqishi, yaproqli poya, gul, urug’), o’simliklar o’stirish, ularni parvarishlashning asosiy usullari(chopilgan yerga o’tkazish, suv quyish, yerni yumshatish, o’toq qilish, ozuqa berish) haqidagi tasavvurni shakllantirish.
Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling