Ota onaning shaxsiy nomulkiy xuquqlari


Download 14.4 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi14.4 Kb.
#1536309
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ota onaning shaxsiy nomulkiy xuquqlari111

Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota yoki ona o‘ziga tegishli bolalariga nisbatan qarindoshlik faktiga asoslangan hamma huquqlardan mahrum bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda ota yoki onalik huquqidan mahrum bo‘lgan shaxs qonun asosida bolali fuqarolarga berilishi lozim bo‘lgan har xil imtiyozlardan, nafaqa va moddiy yordam olish huquqlaridan mahrum bo‘ladi. Bunday ota yoki ona keksayib qolganda, mehnatga qobiliyatsiz va yordamga muhtoj bo‘lib qolganda voyaga yetgan bolalaridan ta’minot talab qilish huquqini ham yo‘qotadi. Lekin ular o‘z bolalariga ta’minot berish majburiyatidan ozod bo‘lmaydilar va bolasi voyaga yetgunicha bolani ta’minlashi shart.

  • Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota yoki ona o‘ziga tegishli bolalariga nisbatan qarindoshlik faktiga asoslangan hamma huquqlardan mahrum bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda ota yoki onalik huquqidan mahrum bo‘lgan shaxs qonun asosida bolali fuqarolarga berilishi lozim bo‘lgan har xil imtiyozlardan, nafaqa va moddiy yordam olish huquqlaridan mahrum bo‘ladi. Bunday ota yoki ona keksayib qolganda, mehnatga qobiliyatsiz va yordamga muhtoj bo‘lib qolganda voyaga yetgan bolalaridan ta’minot talab qilish huquqini ham yo‘qotadi. Lekin ular o‘z bolalariga ta’minot berish majburiyatidan ozod bo‘lmaydilar va bolasi voyaga yetgunicha bolani ta’minlashi shart.
  • Ota-ona (ulardan biri) o‘z xulq-atvori, turmush tarzini va (yoki) bola tarbiyasiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirgan hollarda ota-onalik huquqi tiklanishi mumkin.

Ota-ona hamda bolalarning aliment majburiyatlari

  • Ota-ona hamda bolalarning aliment majburiyatlari
  •  
  • Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga aliment to‘lash tartibi;
  • Bolaning ota-onaga beradigan ta’minot miqdori va tartibi;
  • Aliment undirishning qonuniy asoslari.
  •  
  • Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga aliment to‘lash tartibi
  •  
  • Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart.
  • Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga asosan aliment undiriladi.
  • Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga da’vo ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqlidir.

Download 14.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling