Otabek Mahkamov
Oʻz taʼlimi haqidagi iddaolari
Download 138.73 Kb. Pdf ko'rish
|
Otabek Mahkamov - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarjimonlik qobiliyati haqidagi iddaolari
Oʻz taʼlimi haqidagi iddaolari
Oʻzbekcha gazeta-jurnalarga koʻra, Mahkamov Budapesht shahrida joylashgan „Markaziy Yevropa huquqshunoslik universiteti“da oʻqigan. [6][16] Baʼzi intervyularida Mahkamov aynan shu universitetni „BMT qoshidagi Markaziy Yevropa huquqiy universiteti“ deb atagan. [12] Boshqa bir maqolada boʻlsa Mahkamov „Yevropa huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasining xalqaro xususiy huquq boʻyicha yuridik fanlari doktori“ deb yozilgan. [22] Aslida Budapesht shahrida yoki boshqa yerda bu nom bilan ataluvchi universitet mavjud emas. Mahkamovdan balki u Markaziy Yevropa universitetini nazarda tutgani soʻralganda, aktyor „Demak bu oʻsha“, deb javob berdi. [3] Ammo oliygoh xodimlari u yerda Otabek Mahkamov ismli shaxs tahsil olmaganini rasman bildirishdi. Mahkamov ayrim intervyularida aslida mavjud boʻlmagan „Markaziy Yevropa huquqshunoslik universiteti“ni PhD (falsafa doktori) darajasi bilan tamomlaganini iddao qilgan. [23] Yana bir intervyusida PhD darajasini 2005-yil olganini iddao qilgan. [24] Oʻsha paytda Mahkamov 21 yoshda boʻlgani va maktabni bitirganiga endigina toʻrt yil boʻlgani eʼtiborga olinib, bu iddao ham yolgʻon ekanligi aytildi. [3] Mahkamov baʼzi intervyularida „Yevropa universiteti“da shunchaki malaka oshirganini aytgan. Yana bir intervyusida „Markaziy Yevropa huquqiy universiteti“da bakalavr darajasida olish uchun oʻqiganini, keyin AQSHda magistratura qilganini aytgan, ammo aniq qachon va qayerdaligini ochiqlamagan. [12] Tarjimonlik qobiliyati haqidagi iddaolari Mahkamov muntazam ravishda ingliz tilini mukammal bilishini hamda ingliz tili unga ona tilidek boʻlib qolganini taʼkidlab keladi. [5][11] Mahkamovning bu iddaosi ham tanqid qilindi. [3] Xususan, uning filmlarda, jumladan, „Yondiradi, kuydiradi“ hamda „Kelgindi kelin 2 yoxud anjancha muhabbat“ filmlarida ham notoʻgʻri tarjima qilgani, ham notoʻgʻri gapirgani tanqidga uchradi. [3][25][26] Mahkamov intervyularining birida oʻzi ishtirok etgan filmlarda ingliz tilida aynan oʻzi ovoz berganini aytib oʻtgan. [24] Download 138.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling