O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika


Maqsad qo’yib, unga erishish uchun harakat qilishda “qurbaqa nazariyasi”dan foydalanish


Download 0.85 Mb.
bet6/26
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1554255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1. O\'zlikni anglash!

Maqsad qo’yib, unga erishish uchun harakat qilishda “qurbaqa nazariyasi”dan foydalanish.
Har bir insonga 24 soat berilgan bo’lib, o’rtacha inson bir sutkada 8 soat uxlaydi. O’rtacha 60 yil yashaydigan inson, umrining 20 yilini uyquda o’tkazishini bilib oldik. Agar shu uyquni 6 soatga tushira olsak, umrning 15 yilini ( 60 yildan) uyquga sarflab, 5 yilga yutgan bo’lamiz. Ammo, 8 soatdan ko’p uyqu bo’lsa, yilning soni ham ko’payib ketadi. Ushbu vaqtning juda ham ko’p uxlash bilan o’tmoqda. Bundan tashqari, ovqatlanishda sarflanadigan, yo’lda o’tadigan, internet va ijtimoiy tarmoqda o’tkaziladigan, sport va ko’ngilxushlik qiladigan, hamda boshqa bekorchi narsalarga sarflanayotgan vaqtlarni hisobga olsa, shaxsiy rivojlanish uchun deyarli vaqt ajratilmay qolmoqda. Ilm olish va maqsadga erishtiruvchi shaxsiy rivojlanish uchun sarflanayotgan vaqtni hisoblasak, 5 yil ham chiqmaydi. Tarixga nazar solsak, buyuk bobokalonlarimiz Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiylar biz hozir 5 yil umrimizni sarflayotgan ilmga butun umrlarini sarflaganliklari uchun o’z maqsadlariga yetib, butun dunyoni o’zgartirib yubora olishgan.
Qurbaqa nazariyasida shunday bir amaliy tajriba bor. Unga ko’ra, xitoyliklarga ko’ra, tirik qurbaqani ushlab, qaynab turgan suvga tashlasa sakrab tushadi. Yana suvga solsa, yana sakrab tushadi. Ya’ni bunda, qurbaqaning tanasi issiq va qaynagan suvda chiday olmaydi va birdan sakrab ketadi. Xitoyliklar buni yo’lini topishdi va idishga oddiy suv solib, unga qurbaqani tashlashadi va va idishni tagiga olov qo’yib sekin qaynatila boshlanadi. Qurbaqa boshida o’zini erkin his qiladi. Suv ilishni boshlab, shundan keyin isib, qaynoq bo’lib, undan so’ng qaynay boshlaydi.
Ushbu nazariyani uyqudan, boshqa bekorchi narsalardan vaqtni olib, shaxsiy rivojlanishimizga sarflashda foydalanish mumkin. Masalan, har kuni soat 8-9 larda uyqudan turadigan insonga siz bugundan boshlab soat 4 da turasan deb aytsangiz, u inson dastlabki 2 kun bu ishni qilishi mumkin, yoki umuman qila olmasdan ko’p uxlashda davom etishi mumkin. Yuqoridagi nazariyaga ko’ra, siz odatdagi uyqudan turish vaqtingizdan har 3 kunda ko’p emas, atigi 10 daqiqa erta turasiz. Har 3 kunda bir 10 daqiqa oldinroqqa vaqt surilsa, bir oyda 1 soatu 40 daqiqa (100 daqiqa) suriladi va soat 9 da turadigan inson soat 07:20 da turadi. Ikkinchi oyda esa bu ko’rsatkich 05:40 ga tushadi va 3-oyda bu natija soat 04:00 ga tushadi. (natijaga erishiladi)
Amallarning eng yaxshisi, oz-ozdan ammo davomiy qilinganidir. Siz bu orqali o’z oldingizga aniq maqsad qo’yibgina qolmay, balki, ushbu maqsadlaringiz sari aniq harakat qilasiz va maqsadingizga yetasiz.
O’z vujudingga tafakkur aylagil,
Har ne istarsen, o’zungdin istagil.
Alisher Navoiy.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling