O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika


Download 0.85 Mb.
bet1/26
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1554255
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1. O\'zlikni anglash!


1-MODUL. O’ZLIKNI ANGLASH


REJA:

  1. O’z-o’zini anglash

  2. Oliy maqsad tushunchasi

  3. Strategiya

  4. Taktika

  5. Operatsion rejalashtirish

  6. Himmat

  7. Qat’iyat va intizom

  8. Time management



Tayanch tushunchalar:

  1. O’zlikni anglash

  2. Maqsad

  3. Strategiya

  4. Taktika

  5. Vaqt

  6. Reja

  7. Orzu

  8. Deadline

  9. Qadriyat

  10. Time management

  11. Himmat

  12. Intizom



KIRISH


Oliy MAQSAD tushunchasi

Maqsad bu (falsafada) — inson amaliy faoliyatining avvaldan fikran oʻylangan natijasi. Maqsad insonlarga xos boʻlib, uni kelajakning loyihasi, deb taʼriflash mumkin. Ehtiyoj, manfaat, motiv individ yoki ijtimoiy guruh xulq-atvori, faoliyatining muhim tarkibiy qismlari boʻlsa, Maqsad faoliyat yoʻnalishini belgilovchi elementdir. Maqsadning shakllanishiga subʼyektning ehtiyoj va manfaatlari kuchli taʼsir oʻtkazadi. Maqsadning real va noreal, qisqa muddatli va uzoq muddatga moʻljallangan, asosiy va ikkinchi darajali va boshqa turlari bor. Real Maqsadlar subyektning imkoniyatlari, atrof muhitning holati va obʼyektiv qonuniyatlarni hisobga olsa, noreal Maqsadlar faqatgina subyektning orzu-istaklarini ifodalaydi, atrofdagi vaziyatni hisobga olmaydi1.


Maqsad baxtga erishishdan iborat bo’lmog’i lozim, aks holda, gulxan yetarli darajada gurillab yonmaydi, harakatlantiruvchi kuch yetarli darajada qudratli bo’lmaydi — binobarin, muvaffaqiyatga ham to’la erishilmaydi.
TEODOR DRAYZER
Maqsad bu hayotda adashib qolmaslikning bir kalitidir. Inson to’g’ri yashasa ham, notog’ri yashasa ham yashay oladi, ammo, kimdir qo’lini uzatib yashaydi, kimdir oyog’ini uzatib. Xudo bizni mana shunday qo’lini uzatib yashashdan o’zi saqlasin. Aynan maqsadsiz inson, qo’lini uzatib yashashga mahkumdir.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling