O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika


M. GORKIY O’quvchilarga savol


Download 0.85 Mb.
bet4/26
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1554255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1. O\'zlikni anglash!

M. GORKIY
O’quvchilarga savol: Siz nima uchun, ular yaratgan telefon, o’yinlarni o’ynaysiz yoki foydalanib, ularga vaqtingizni sotyapsiz, ularni boyishiga xizmat qilyapsiz? Siz ham shunaqa boy bo’lishingiz mumkin-ku?! “Sizda har kuni 86400 dollar pul bor, ammo siz uni behuda narsalarga sarflayapsiz” – deb o’quvchini hissiyotiga o’ynash kerak.
Savol: Maqsad qo’yayotganda nimaga ahamiyat qaratish kerak?

  1. Avvalo, maqsad qo’yayotganda inson niyatga ahamiyat qaratish kerak.

Masalan: Tasavvur qiling, siz milliarder bo’lishni xohlaysiz. Bir insonsan so’raganda, siz nima uchun milliarder bo’lishni xohlaysiz deganda, u shunday deb javob beradi: “Agar men milliarder bo’lsam, shaharni yarmini sotib olaman. Odamlar faqat menga xizmat qiladi…
Ikkinchi insondan nega millioner bo’lmoqchisiz deb so’ralganda, u shunday javob beradi: “O’zbekistonda qiynalgan insonlar juda ham ko’p. Ularga yordam qilaman. Yetimxonalarga yordam qilaman. Xalqqa xizmat qilaman…”.
Xulosa: Ikkala insonning maqsadi bir xil – millioner bo’lish! Ammo niyat ikki xil. Demak, xulosa shuki, birinchisi faqat o’zining yoki tor doiradagi insonlarning manfaatini ko’zlab niyat qilmoqda. Ikkinchisi, butun bir jamiyat, xalq va millatning manfaatini ko’zlab niyat qilmoqda.
Yoki bir kasb misolida oladigan bo’lsak, bir inson huquqshunos bo’lishni niyat maqsad qildi va huquqshunos bo’lganidan so’ng, insonlarga pul evaziga xizmat ko’rsatishni, qonunlarni zo’r bilib, ulardan qanday chetlab o’tishni niyat qildi. Ikkinchi inson ham huquqshunos bo’lishni maqsad qilib, insonlarga huquqiy yoprdamni beg’araz berishni, jamiyatda qonun ustuvorligini, qonunchilikni ta’minlashda fuqarolarning o’rnini va huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatni rivojlantirishni niyat qildi.
Bunda ham xulosa qilish mumkinki, har ikkala inson ham huquqshunos bo’lishni maqsad qilmoqda. Ammo, bu maqsaddan keladigan natijaga uchun niyat ikki xil va biri faqat o’zining manfaati bo’lsa, ikkinchisida xalq va butun bir jamiyatning manfaati turganligini ko’rish mumkin.
Siz aziz o’quvchilarning, qo’yadigan maqsadlaringiz, eng kamida oilangizga, mahallangizga, tuman, shaharingizga va butun O’zbekistonga xizmat qilsin va yordam bersin.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling