O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika


Savol: Hayotning mazmuni nima?


Download 0.85 Mb.
bet5/26
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1554255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1. O\'zlikni anglash!

Savol: Hayotning mazmuni nima?
Tohir Malik o’zining intervyularidan birida shunday degan edi: “Oinayi jahonda bir teledasturda boshlovchi qiz so’rovnoma o’tkazib yuribdi. Savol “Hayotda nimani yo’qotishdan qo’rqasiz?” (Bu savolni o’qituvchi darsda o’quvchilarga berib, ularning javobini bilishi kerak.) Biz ota-onamizni yo’qotamiz. Bu dunyo karvonsaroydur, kimdir kelur, kimdir ketur… Ammo, IYMON ni yo’qotsak, ikki dunyoyimizni ham yo’qotgan bo’lamiz. Inson IYMONINI yo’qotishdan qo’rqishi kerak. Iymoni bor odam – bu dunyoda to’g’ri yashaydi va boshqalarga yomonlik qilmaydi. Vaqtini bekorchi narsalarga sarflamaydi. Ota-onasiga yaxshilik qilib, birovni ko’nglini og’ritmasdan ko’pchilikka yaxshilik qiladi.
Misol uchun: Siz uy qurmoqchi bo’lsangiz, bu uyning poxsasi (fundament) IYMONdan bo’lishi kerak. Demak, maqsad qo’yayotganda ikkinchi ahamiyat beriladigan narsa bu siz qo’ygan maqsad iymoningizni yo’qotishingizga sababchi bo’lmasligi kerak.
Mening nazarimda, o’z oldiga maqsad qo’ygan va shu maqsadi uchun bor kuchini fido etgan kishigina baxtli bo’lmog’i mumkin.
M. I. KALININ
Maqsadni to’g’ri qo’yib olish muvaffaqiyatga olib borishda 80-90 % rol o’ynaydi deb o’ylashimiz mumkin. Ammo shu o’rinda dunyoga mashhur zamonaviy yozuvchi Jeyms Klirning “Atomic Habits” nomli kitobidagi fikrga e’tibor qaratishimiz kerak. Uning fikricha, olimpiadada yuz kishi yugurayotgan bo’lsa, ularning hammasining maqsadi bu musobaqada g’alaba qozonish hisobalanadi va ularning maqsadi to’g’ri qo’yilgan deb olsak bo’ladi. Ushbu olimpiada musobaqasida faqat bitta insonga g’oliblik nasib qiladi. Bu inson kim bo’lishidan qat’iy nazar u o’z ustida ko’p ishlab, ko’p mashq qilgan va mehnat qilgan insondir. Shu sababli biz maqsadga erishishda faqatgina maqsadni to’g’ri qo’yib olish bilan cheklanib qolmasdan, balki jarayonga ham ya’ni mashq va mehnatlarga ham e’tiborimizni qaratishimiz kerak bo’ladi. Xulosa qilinsa, bir natijaga erishish uchun faqatgina maqsadning o’zi muhim ahamiyat kasb etmasdan, balki sizning mehnatingiz bu natijaga olib boruvchi omillardan biri hisoblanadi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling