O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant


Download 53.94 Kb.
bet5/18
Sana09.06.2023
Hajmi53.94 Kb.
#1466556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)

Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov
O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi
(2022-2023- o‘quv yili)
6-variant
Darvoza zulfini tushib, qiya ochildi, oppoq ro‘molga o‘ralgan kampirning mushtdekkina boshi ko‘rindi.
– Voy-oy, o‘lay, kimsan, yo‘lovchimisan yoki... Kir, kir, bo‘yginangdan tasadduq...
Adolat yurishga holi qolmay, o‘zini kampir bag‘riga otdi.
– Hay, hay, yiqitvoray deding-ku... Oyog‘ingda oyoq qolmabdi-ya? Kel, qo‘lingni ber, jonim. Ko‘taray desam jonim yarimta...

  • Onajon...

  • Voy-oy, ona degan tillaringdan o‘rgilay. Nima bo‘ldi, jonim?

Kampir darvozani yopayotib, ko‘cha tarafga nazar tashladi. Shu mahal uch otliq otlarni niqtagancha Quva tomon choptirib o‘tishdi. Kampirning yuragi shuv etdi. Darrov ko‘ngliga kelgan o‘yni quvib chiqarmoqchidek, ko‘ylagi yoqasini ko‘tarib, “puf-puf”ladi. Adolatni suyab uyiga olib kirdi. Uni yonboshlatib, sekin o‘rnidan turdi.
– Bolam, kechagi ko‘mochim bor. Oqshomda chavati qilgandim, tatigin, xo‘pmi, o‘zingga kelasan,-dedi u…
(Mirza Karim. “Mohlaroyim")
Topshiriqlar
1.Matndagi gaplarning faqat subyekti va predikatini ko‘chirib, qavs ichida ularning nima bilan ifodalanganligini yozing.
2.Ajratib ko‘rsatilgan fe’lni o‘tgan zamon davom fe’li (bo‘lishli) va hozirgi-kelasi zamon fe’li (bo ‘lishsiz) shakllarida tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing
4.Darrov ko‘ngliga kelgan o‘yni quvib chiqarmoqchidek, ko‘ylagi yoqasini ko‘tarib, “puf-puf”ladi. Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi tamoyil asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang.
5. Shu mahal uch otliq otlarni niqtagancha Quva tomon choptirib o‘tishdi.
Ushbu gapdagi fe’lni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing.



Download 53.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling