O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant


Download 53.94 Kb.
bet1/18
Sana09.06.2023
Hajmi53.94 Kb.
#1466556
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)


O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi
(2022-2023- o‘quv yili)
1-variant
Qadim zamonlarda shunday bir yurt bor ekanki, uning xalqi mehnatkash, podshosi odil, hayoti tinch ekan. Shu bois boshqa bir mamlakatning shohi g‘ayirligi kelib, o‘sha yurtni bosib olmoqchi bo‘libdi. Biroq daf’atan hujum qilishga jur’at etolmay, o‘sha yurtga o‘z xufiyasini yuboribdi. Xufiya o‘sha yurtga boribdi va mulozimlari safiga kiribdi. So‘ng o‘z mamlakatiga borib, shohiga bu yurtni olib bo‘lmaslikni aytibdi. “Qal’asi mustahkam emas, lashkari ham ko‘p emas”, - deb o‘zi guvoh bo‘lgan voqeani aytib beribdi xufiya.
Bir kuni o‘sha podsho shikorga chiqqan edi: men ham, yigitlar ham birga bordik. Podsho uchqur bir kiyik ortidan ot qo‘ydi,shu bois hammamiz unga ergashdik, biroq kiyik narigi cho‘qqiga o‘tib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Terlab ketgan podsho ro‘molcha bilan peshonasini artmoqchi edi, nogahon shamol kelib, ro‘molchani daraga uchirib ketdi. Shu sababli qirq yigitning hammasi o‘zini tubsiz jarlikka otdi. Qanchasi mayib-majruh bo‘ldi, ammo omon qolgan bir yigit ro‘molchani olib chiqdi va podshoga topshirdi...
U yurtda bunday yigitlar ko‘p, shuning uchun ham bunaqa yurtni yengib bo‘lmaydi.
(O‘. Hoshimov)
Topshiriqlar
1. 1-abzasdagi gaplarning faqat subyekti va predikatini ko‘chirib, qavs ichida ularning nima bilan ifodalanganligini yozing.
2. 2-abzasdagi ajratib ko‘rsatilgan fe’lni o‘tgan zamon davom fe’li (bo‘lishsiz) va kelasi zamon gumon fe’li(bo‘lishli) shakllarda tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing.
4. Shu sababli qirq yigitning hammasi o‘zini tubsiz jarlikka otdi. Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi tamoyil asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang.
5. U yurtda bunday yigitlar ko‘p, shuning uchun ham bunaqa yurtni yengib bo‘lmaydi.Ushbu gapdagi fe’lni topib,qavs ichida qaysi zamonda, nisbatda va maylda ekanini yozing.



Download 53.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling