O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant


Download 53.94 Kb.
bet7/18
Sana09.06.2023
Hajmi53.94 Kb.
#1466556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)

Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov


O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi
(2022-2023- o‘quv yili)
8-variant

Kitob bilan abadiy do‘st tutining. Orangizdan qil ham o‘tmasin.


“Xorijiy tillarni qunt bilan o‘rganing”,-degan edi ustozim.
Vatan tarixini biling. Uni murtad talqinlardan, tuhmat va axlatlardan tinimsiz tozalang. Shavkatli tariximizni zamonaviy, mahobatli tarixiy ishlar bilan boyitishga harakat qiling.
Kamtarga kamol – manmanga zavol.Takabburlik qilmang.Xokisor bo‘lishga harakat qiling.Kibrlanmang.Sizni boshqalar maqtasin.Siz esa olqishlarni eshitmang.
G‘azablanmang. G‘azab sizni to‘g‘ri izdan chiqarib yuboradi. Har qanday holatda ham sokin bo‘lishga intiling.
Dilozor bo‘lmang.Dilozordan Xudo bezor. Odamlar bilan shunday gaplashingki, ular yana Sizga intilsinlar. Siz bilan suhbatlashishni havas qilsinlar.
Ota-ona, qavm-qarindosh, yor-birodarlarning ahvolidan doim xabar olib turing, toki ularning ko‘ngli sizdan sira ranjimasin. Ota-ona duosini olib qolishga oshiqing.Savob ishlar orasida eng zaruri shu…(G‘aybulla al-Salom)
Topshiriqlar
1. Matndagi gaplarning faqat predikatini ko‘chirib, qavs ichida nechanchi tuslanishda ekanligini yozing.
2. Ajratib ko‘rsatilgan fe’lni uzoq o‘tgan zamon fe’li (bo‘lishsiz) va kelasi zamon maqsad fe’li (bo‘lishli) shakllarida tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing
4.Ota-ona, qavm-qarindosh, yor-birodarlarning ahvolidan doim xabar olib turing, toki ularning ko‘ngli sizdan sira ranjimasin.
Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi tamoyil asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang.
5.Vatan tarixini biling. Uni murtad talqinlardan, tuhmat va axlatlardan tinimsiz tozalang. Ushbu gapdagi fe’llarni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing.

Download 53.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling