O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant


Download 53.94 Kb.
bet10/18
Sana09.06.2023
Hajmi53.94 Kb.
#1466556
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)

Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov


O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi
(2022-2023- o‘quv yili)
11-variant
Adabiyot o‘qituvchisi jurnalni stol ustiga qo‘ydi-da, dumaloq ko‘zoynagini burni uchiga qo‘ndirib, sinfga razm soldi.
– Demak, gap bunday: o‘ttizinchi yillar adabiyotini o‘rganishni kechiktiramiz. …Topshiriq bo‘ldi, bugun siz bizga “Baxtli bolalik” degan mavzuda erkin insho yozib berasiz.
– Hamma yozadimi?
– Bu nima deganlari bo‘ldi, Zoirali bo‘tam, sizga alohida taklif lozimmi yo?
– Inshoni erkin deyapsiz-ku?
Nomi shunaqa, bo‘tam. Qani, qog‘oz olib, ish boshlanglar, vaqt ketmasin.
Samad aka, biz bolalikdan o‘tdik-ku, nimasini yozamiz?
– Hali o‘tib bo‘lganingiz yo‘q, Zoirali bo‘tam, endi o‘tyapsiz. Qilayotgan ishingizga o‘zingiz to‘g‘ri baho bera olgan oningizdan boshlab bolaligingiz bilan vidolashasiz. Bolalik qaytmas bo‘lib ketadi.Bolalik sizning xotirangizga ko‘chadi.Vaqti kelib, bu xotira vijdon azobiga soladi, nimalarnidir qo‘msashga majbur qiladi.Xullas, sizni har ko‘yga soladi.U bilan vidolashishga oshiqmang. Bolalik – hayotning asl pallasi, undan ko‘proq bahramand bo‘lishga intiling-dedi Samad aka.
(Tohir Malik “Alvido, bolalik”)
Topshiriqlar

1.Matndagi oxirgi abzasidagi gaplarning faqat subyekti va predikatini ko‘chirib, qavs ichida ularning nima bilan ifodalanganligini yozing.


2. Matndagi ajratib ko‘rsatilgan fe’lni hozirgi-kelasi zamon (bo‘lishli) va uzoq o‘tgan zamon fe’li (bo ‘lishsiz) shakllarida tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing
4.Adabiyot o‘qituvchisi jurnalni stol ustiga qo‘ydi-da, dumaloq ko‘zoynagini burni uchiga qo‘ndirib, sinfga razm soldi.
Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi tamoyil asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang.
5.Qilayotgan ishingizga o‘zingiz to‘g‘ri baho bera olgan oningizdan boshlab bolaligingiz bilan vidolashasiz.
Ushbu gapdagi fe’lni topib,qavs ichida qaysi zamonda, nisbatda va maylda ekanini yozing.



Download 53.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling