O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant


Download 53.94 Kb.
bet2/18
Sana09.06.2023
Hajmi53.94 Kb.
#1466556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)

Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov
O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi
(2022-2023- o‘quv yili)
2-variant
Manzura toliqqan bo‘lishiga qaramay tunda uxlay olmadi. Yumshoq o‘rin unga tikanzor kabi tuyildi. Oilasidan ilk karra uzoqroq ketgani uchun qalbi notinch edi. Bezovta yurak yurtidagi noxushliklarni sezib, vujudini beholgina titratib turardi. Shu azobdan qiynalgan Manzuraga bu shaharning tuni behad uzunday tuyildi. Uy isib ketib, nafas olishga arzir havo qolmagandek bo‘ldi. O‘rnidan turib, peshayvonga chiqadigan eshikni ochdi. Yuziga salqin shabada urilsa-da, orom ololmadi.
Tashqarida maydalab yomg‘ir yog‘a boshlagan, sanoqsiz chiroqlar yorug‘ida bog‘ to‘lin oy nuriga cho‘milganday so‘limlik kashf etgan edi, ammo bu so‘limlik uning kayfiyatini yaxshilashga qodir emas edi. Bu olam aro tunni bedor o‘tkazgan faqatgina Manzura emas. Necha ming, balki necha yuz ming, balki undan-da ko‘p odam – xasta ham, tani sog‘ ham, podsho ham, qayg‘uli ham, qayg‘usiz ham... tunni bedor o‘tkazadi. “Hayot bunchalik shafqatsiz ekanligini oldin bilmagan ekanman”,- dedi u. Hech kim o‘sha tunning o‘zida qayerdadir jigarbandi ham qalb titrog‘ida ekanini bilmaydi. Ahmoq Manzura ham ortida eri bilan qizining tunni uyqusiz o‘tkazishganidan bexabar edi.
(T. Malik)
Topshiriqlar
1. 1-abzasdagi gaplarning faqat subyekti va predikatini ko‘chirib, qavs ichida ularning nima bilan ifodalanganligini yozing.
2.2-abzasdagi ajratib ko‘rsatilgan fe’lni hozirgi-kelasi zamon fe’li (bo‘lishsiz) va o‘tgan zamon davom fe’li (bo‘lishli) shakllarda tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing.
4. O‘rnidan turib, peshayvonga chiqadigan eshikni ochdi. Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi tamoyil asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang. yozing)
5. Hech kim o‘sha tunning o‘zida qayerdadir jigarbandi ham qalb titrog‘ida ekanini bilmaydi. Ushbu gapdagi fe’lni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing.

Download 53.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling