O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant


Download 53.94 Kb.
bet3/18
Sana09.06.2023
Hajmi53.94 Kb.
#1466556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)

Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov


O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi
(2022-2023- o‘quv yili)
3-variant
Tarix – haqiqat mezoni, jarchisi. U alday olmaydi, aldanmaydi ham. Tarixiy jarayonlarni yoshlarimiz, butun mamlakat ahli yangi ong hissi bilan qabul qilmoqda. Amir Temur ham haqli ravishda ota yurti Shahrisabzda qurdirgan Oqsaroy peshtoqida “Qudratimizga shak-shubhangiz bo‘lsa, biz qurdirgan binolarga boqing”, deb yozdirib qo‘ygan edi. Bu buyuk sarkardalik, o‘z kuch-qudrati, mustaqilligiga ishonch, qat’iyat ramzi edi. Demak, Turonzamin yoshlari, ahli omma uchun ibratli iboralar bu! “Tuzuklar” da o‘qiymiz: “Dilda e’tiqod butun bo‘lsa, aslo naslimiz yo‘qolmagay, tilimiz unutilmagay. E’tiqod susaysa, til emas, imon ham unutilgay. Kuch adolatdadir”. “Haqiqat – sihat-salomatlik, haqiqat – tartib, haqiqat – adolat”,- degan edi Amir Temur.
Yo‘lboshchimiz yoshlarning yanada barkamol va sog‘lom, jismonan baquvvat, ma’naviyati yetuk bo‘lishiga alohida ahamiyat beradi. Bu borada bobomiz Amir Temurning olib borgan ma’naviy-ma’rifiy ishlari ibratlidir. Chunonchi, Sohibqiron oila, nikoh, millat tozaligi va sofligiga katta e’tibor bergan. Chunki mamlakatning istiqboli, kelajagi ham yoshlar, sog‘lom insonlar qo‘lida bo‘lishi tabiiy holdir. Millat, qavm-u qarindosh, urug‘-naslning tozaligi insoniy xislatlar – ongning shakllanishi, o‘z Vataniga sadoqat, millatparvarlik, tenglik, do‘st-u hamkorlikni barpo qilishga bog‘liq…
(K. Normatov)
Topshiriqlar
1. 1-abzasdagi gaplarning faqat subyekti va predikatini ko‘chirib, qavs ichida ularning nima bilan ifodalanganligini yozing.
2.2-abzasdagi ajratib ko‘rsatilgan fe’lni o‘tgan zamon davom fe’li (bo‘lishli) va hozirgi-kelasi zamon fe’li (bo ‘lishsiz)shakllarda tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing.
4. Yo‘lboshchimiz yoshlarning yanada barkamol va sog‘lom, jismonan baquvvat, ma’naviyati yetuk bo‘lishiga alohida ahamiyat beradi. Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi yozuv tamoyili asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang.
5. Tarixiy jarayonlarni yoshlarimiz, butun mamlakat ahli yangi ong hissi bilan qabul qilmoqda. Ushbu gapdagi fe’lni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing.



Download 53.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling