O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant


Download 53.94 Kb.
bet4/18
Sana09.06.2023
Hajmi53.94 Kb.
#1466556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)

Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov
O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat
(2022-2023 o‘quv yili)
4-variant

Qadimgi Yunonning eng buyuk faylasufi Arastu o‘limiga yaqin o‘g‘lini chaqirib shunday debdi:


– Bolajonim, o‘z umrimni ilm-u hikmatning sirlaridan voqif bo‘lish yo‘lida sarf qildim. Ilm-u hikmat nuri bilan juda ko‘p tugunlarni yechdim, ammo o‘limga kelganda chora topolmadim.Senga qiladigan vasiyatim shuki, o‘g‘lim, mol-davlat orqasida orttirgan izzat-obro‘da baqo yo‘q.Izzat-hurmat, shon-sharaf ilmda. Ilm orqasida qo‘lga kiritilgan shon-sharaf fano va zavolni bilmaydi, davlat va siyosatning o‘zgarishi unga ta’sir qilmaydi.
O‘g‘lim, shohlar sening otangni ilmi tufayli ulug‘lashdi, bo‘lmasa, otang ham ular qaramog‘idagi bir odam edi. Shohlar tobeligidagi odamlar shohlarga ta’zim qilishadi va sig‘inishadi. Obidlar va ma’budlar orasida yer bilan osmoncha farq bor…
(Muhammad Avfiy)
Topshiriqlar

1. Matndagi gaplarning faqat subyekt va predikatini ko‘chirib, qavs ichida nima bilan ifodalanganligini yozing.


2.Ajratib ko‘rsatilgan fe’lni o‘tgan zamon hikoya fe’li (bo‘lishli) va hozirgi zamon davom fe’li (bo ‘lishsiz) shakllarda tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing.
4. Ilm-u hikmat nuri bilan juda ko‘p tugunlarni yechdim, ammo o‘limga kelganda chora topolmadim.Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi yozuv tamoyili asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang.
5. Ilm orqasida qo‘lga kiritilgan shon-sharaf fano va zavolni bilmaydi .
Ushbu gapdagi fe’lni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing.
Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov
O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi
(2022-2023- o‘quv yili)
5-variant
So‘fi yana past toifa oldida muborak og‘zini ochib, aziz tilini qaldiratmoqqa majbur bo‘ldi:

  • Badbaxt fitna! Qo‘yasanmi -qo‘ymaysanmi, axir?!

“Hubbuli vatani minal imon” deganlar – Vatanni sevish imondan”, axir! Bilmasang, bekor-da! Vatani yo‘q – dunyoda lo‘li, xolos. Meni bevatan deb bildingmi?
So‘fi biroz qizib ham ketdi.
– Bu hovli-joy otangdan qolgani uchun o‘zimniki deysanmi yo? Unday desang, boshput olib, o‘risvoyning religa tushib, “hayt” deb… Makkatilloga jo‘nab qolaman. Hovling boshingdan qolsin, fitna!
Bu safar Qurvonbibi yalinib-yolvorib zo‘rg‘a tinchitdi.
Chinakam, so‘fida hajga borish niyati kuchli. Har yili javraydi. Bir-ikki marta pasport oldi ham. Faqat, nima uchundir, oyog‘ini o‘z shahrining tuprog‘idan uzmadi.
(Cho‘lpon. “Kecha va kunduz”)
Topshiriqlar
1. Matndagi gaplarning faqat subyekti va predikatini ko‘chirib, qavs ichida ularning nima bilan ifodalanganligini yozing.
2.Oxirgi abzasdagi ajratib ko‘rsatilgan fe’lni kelasi zamon gumon fe’li (bo‘lishsiz) va uzoq o‘tgan zamon (a) fe’li (bo ‘lishli) shakllarida tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing.
4. So‘fi yana past toifa oldida muborak og‘zini ochib, aziz tilini qaldiratmoqqa majbur bo‘ldi. Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi yozuv tamoyili asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang.
5. Bu safar Qurvonbibi yalinib-yolvorib zo‘rg‘a tinchitdi.Ushbu gapdagi fe’lni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing.

Download 53.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling