O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant


Download 53.94 Kb.
bet9/18
Sana09.06.2023
Hajmi53.94 Kb.
#1466556
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)

Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov


O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi
(2022-2023- o‘quv yili)
10-variant

Ma’lumki, san’at, shu jumladan, so‘z san’ati – adabiyot ham kishilarning ongiga his orqali – yurak orqali ta’sir qiladi. Adabiyot biron ijtimoiy hodisaning yaxshi yoki yomon ekanligini faktlar, raqamlar bilan isbot qilib, xulosa chiqarmaydi, uning yaxshi yoki yomon ekanligini ko‘rsatib kishilarda shu hodisaga nisbatan muhabbat yoki nafrat hissi tug‘diradi. Biron hodisaning yaxshi yoki yomon ekanligini bildirish bilan unga nisbatan nafrat yoki muhabbat hissi tug‘dirish orasida juda katta farq bor. Bilgan kishi bilib qo‘ya berishi mumkin, lekin his qilgan kishi his qilib qo‘ya bermaydi.Adabiyotning zo‘r tashviqiy kuchi ham mana shundan iborat.


Bundan ma’lum bo‘ladiki, yozuvchi biron hodisaga o‘quvchida muhabbat yoki nafrat hissi qo‘zg‘atishi uchun avval o‘sha his o‘zida bo‘lishi kerak.

(Abdulla Qahhor)


Topshiriqlar

1. Matndagi gaplarning faqat subyekt va predikatini ko‘chirib, qavs ichida nima bilan ifodalanganligini yozing.
2.Ajratib ko‘rsatilgan fe’lni kelasi zamon gumon fe’li (bo‘lishli) va yaqin o‘tgan zamon fe’li (bo ‘lishsiz) shakllarida tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing
4.Biron hodisaning yaxshi yoki yomon ekanligini bildirish bilan unga nisbatan nafrat yoki muhabbat hissi tug‘dirish orasida juda katta farq bor.
Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi tamoyil asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang.
5.Adabiyot biron ijtimoiy hodisaning yaxshi yoki yomon ekanligini faktlar, raqamlar bilan isbot qilib, xulosa chiqarmaydi, uning yaxshi yoki yomon ekanligini ko‘rsatib kishilarda shu hodisaga nisbatan muhabbat yoki nafrat hissi tug‘diradi.
Ushbu gaplardagi fe’llarni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing.



Download 53.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling