Sun’iy intellekt tizimlari
Download 146.48 Kb.
|
Sun’iy intellekt tizimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekspert tizimlar
Sun’iy intellekt tizimlari Reja: Sun’iy intellekt tizimlari Sun’iy intellektni dasturlashtirishga ta’siri Bilimlarni tasvirlash modellari Sun’iy intellekt tizimlari Sunoiy intellektning (SI) intellektual harakterdagi masalalarning echilish usullarini E’M yordamida o’rganuvchi fanning hayotda qo’llanib rivojlanib borishidan ekspert tizimlar (ET) vujudga keldi. ET lar asosini predmet sohasi maolumotlari haqidagi axborot kiritilgan bilimlar bazasi tashkil etadi. Bilimlarni ET ga taqdim etishning ikki asosiy shakli: faktlar va qoidalar bor. Faktlar- hodisa va jarayonlarning miqdoriy va sifat ko’rsatkichlarini qayd etadi. Koidalar- odatda sabab va oqibatlarni boglovchi mantiqiy sharoitlar ko’rinishidagi faktlararo nisbatlarni bayon etadi. SI bu sohasi 40 yildan ko’proq tarixiy rivojlanish jarayonini boshidan kechirgandir. Paydo bo’lishidanoq teoremani avtomatik isbotlash, mashina tarjimasi (bir mashina tilidan boshqa tilga o’girish), tasvirlarni o’rganish va analiz qilish, robotlar ishini planlashtirish, o’yinlar algoritmi va strategiyasi kabi echimini kutayotgan masalalarni qamrab olgandiki, bu masalalarning xilma-xil echimi usullarini topish xozirgacha diqqat markazimizda turibdi . Ekspert tizimlar - bu malakali ekspertlar darajasida foydalanuvchilar qarorlarini tayyorlashning tor ixtisoslashtirilgan sohasida bilimlarni qayta ishlash tizimlaridir. ETlarga maslahat berish, analiz qilish, konsulptatsiya berish, diagnoz qo’yishdek nozik masalalar yuklatilgan. ETlarni sanoat korxonalarida qo’llash ish unumini va mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi. Bilimlarni to’plash va uzoq vaqt saqlash ETlarning eng katta yutui hisoblanadi. Insonlardan farq qilib, ETlar har qanday axborotlarga nisbatan oboektiv bo’lishadi, bu esa o’tkazilayotgan tajriba sifatini oshiradi, juda ko’p bilimlarni talab qilib ishlanayotgan masalalarda xatolikning yuzaga kelishini kamaytiradi. ET larni yaratilishida bir qator qiyinchiliklar vujudga keladi. Bu eng avvalo foydalanuvchining ishlab chiqiladigan tizimga qanday talab ko’yilishini bilmaganligidan kelib chiqadi. Shuningdek psihologik tartibda, yaoni bilimlar bazasini yaratishda ekspert “mashina meni o’rnimni egallashi mumkin” degan asnoda ish tutib, bilimlar bazasini keng bo’lishiga intilmasdan, balki bunga qarshilik qilishi mumkin. Lekin, bu qo’rqishlar asossizdir, chunki ET fikr yuritish qobiliyatiga ega emasdir, bu esa ularni bilimlarini oshirish mumkin emasligini ko’rsatadi. Oxirgi vaqtlarda o’z- o’zini o’qitib, bilim olish imkoniyatiga ega bo’lgan tizimlar ishlab chiqish ustida ishlar olib borilmoqda. ET lar bilimlar bazasi (tizimning faktlarni o’zida saqlovchi bo’limi), chiqish osttizimsi (masalani echish uchun qo’llaniladigan qoidalar), tushuntirish, bilim olish osttizimsi va dialogik protsessordan iborat. Bu tizimda maqsadga erishish uchun qoidalar, faktlar, chiqarish mexanizmi va ixchamlashlardan foydalaniladi. Bir qarashda, butun narsalarni o’z ichiga oluvchi sunoiy intellekt tizimini yaratish mumkinga o’xshaydi. Bu, aslida mumkin emas. Umuman, masalalarni echish uchun, cheksiz fakt va qoidalar kerak bo’ladi. Agar, shunday tizim yaratilgan taqdirda ham uni bilimlar bilan to’ldirishga uzoq vaqt talab etilgan bo’lar edi. Lekin, shu paytgacha mana shunday informatsiyalarni o’zaro saqlovchi E’Mlar mavjud emas, shuning uchun, vaqtincha masalani muhim muammoli qismini ko’rish bilan chegaralanamiz. Download 146.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling