Sun’iy intellekt tizimlari
Rasm 16.5. Freymning sxematik ko’rinishi
Download 146.48 Kb.
|
Sun’iy intellekt tizimlari
Rasm 16.5. Freymning sxematik ko’rinishi.
SEMANTIK MODELLAR Mutaxassislarning fikricha semantik to’rlar boshqa usullardan ancha ilgari yaratilganligiga qaramay bilimlarni tasvirlashda ko’p qo’llaniladigan usuldir. Semantik to’rlar oboektlar to’plami va ular orasidagi munosabatlarni aks etdiradi. Ko’riladigan oboektlar uchun barcha mavjud munosabatlarni yozib chiqish semantik to’rni beradi. Oboektlar to’rning tugunlari bo’lib xizmat qiladi, munosabatlar yoylar yordamida ifodalaniladi. Semantik to’rni tuzishda to’rni elementlari aloqalari soniga uning xossalari va murakkabligiga cheklovlar qo’yilmaydi. Shuning uchun ko’rsatkich sifatida keltiriladigan funktsiyalarni maolum darajada tartiblash maqsadga muvofiqdir. Semantik to’rlar - ET da bilimni ko’rsatish formalizmidir. Unda uzoq muddatli xotiraning strukturali modeli sifatida so’z maonosini tushunish modeli ko’rsatiladi. Bu modelda uzoq muddatli xotira strukturalarini yozish uchun so’zlar orasidagi semantik munosobatlarni ko’rsatish usuli sifatida tyrli xil struktura ishlatilgan. Bu model tabiiy bilim va inson tilidan foydalanishni farqlaydi. Shuning uchun asosiy oya oboektga tegishli bo’lgan sinf qiymatini, uning aks etishini yozish va oboekt holatlarini ko’rsatuvchi so’zlar aloqasini o’rnatishdir. Naomuna sifatida “choynak” kontseptual namoyishi uchun oddiy semantik to’rni ko’rish mumkin. Bu to’rda qiymatlar yozilgan sinf, holat va misol deb ataluvchi munosobat operatorlari aniqlanadi Rasm 16.6. Semantik to’rning ko’rinishi. Semantik to’rni qurishda elementlarni aloqa sonida, holatida va to’rning murakkabligida cheklanishlar bo’lmaydi. Semantik to’rlarni xosil qilish uchun yana misollar Keltirilgan misollardan ham ko’rinib turibdiki, bilimlarni semantik to’rlar orqali ifodalash juda qulay ekan. Biroq, to’rlarni bolovchi munosabatlar va bilimlarni turli hilligi sunoiy intellekt masalalarini echish jarayonini murakkablashtiradi. Shuning uchun bilimlarni tasvirlashda iloji boricha bir hillika erishishga harakat qilinadi. Download 146.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling