Sendan yuksak nima bor, yulduz?


Download 20.08 Kb.
Sana13.03.2023
Hajmi20.08 Kb.
#1266242
Bog'liq
ona haqida she\'rlar


-Sendan yuksak nima bor, yulduz?
-Ona mehri.
-Sendan keskin nima bor, olmos?
-Onalar qahri.
-Qayerdan olding otashni, quyosh?
-Ona qalbidan.
-Po’lat, qayerdan senga zo’r bardosh?
-Ona zarbidan.
- Senmi, ko’klam, hayotbaxsh fasl?
-Yo’q ona izi.
-Senmi totli, shifobaxsh asal?
-Yo’ ona so’zi.
Dengiz nedir kenglikka tanho?
-Ona og’usi.
-Sendan shaffof ne, tongi ziyo?
-Ona boqishi.
-Yaratgusi senmi, tabiat?
-Yoq, yo’q onalar.
-Baxt bitguvchi senmisan hayot?
- Yo’q-yo’q, onalar.

ONANGIZNI QADRLANG


M.Kamron
1.Onangiz ehtimol tibbiy ma’lumotga ega emasdir.Ammo uning qo’llari mingta dori va shifokor davolay olmaydigan dardlarni davolashga qodir.

Sumaya
2.U muhandislik ilmini ham olmagan, ammo vayron bo’lganko’ngling kulbasini eng yaxshi me’mordan ham yaxshiroq ta’minlay oladi va eng go’zal inshoat yaratadi.

Muhammadali
3.U rassom emas, ammo u birgina so’z bilan yuzingga tabassum chiza oladi, buni mingta mohir rassom ham uddalay olmasdi.

Anvar
4.U san’at ilmidan bexabardir, Ammo uning ovozi ohanggi har qanday musiqadan yoqimliroq.

Ruxshona
5.Ona mashhur oshpaz yoki restoran egasi emasdir :Ammo uning taomining xushbo’yligi va ta’mi aql-idrokni shoshirib qo’yadi va bu ta’m dunyoning hech bir restoranida takror uchramaydi.

Gulmira
6.Ehtimol uning oyoqlari ostida jannatni ko’rmassan , ammo Jannat uning oyoqlari ostida ekanligiga shubha yo’q.

A.Parizada
7.Ona mavjudki demak Jannat uning mavjudligining ne’matidir
Onangizni qadrlang.

Nargis
Dunyoda yashayman shodonu, beg’am
Yaratganlar to’rt mucham sog’lomu-bekam.
Olamni ko’rishga Musharraf qilgan
Onamni asragin ey qodir egam.

N.Kamron
Jannat poyida deb yaratgan olloh
Meni har balodan etguvchi ogoh.
Sarbaland qaddimni tutub turguvchi
Onamni asragin ey qodir egam.

T.Munisa
Yuzida nuri bor, hokisor pari
Ayollar ichinda nafis dilbari.
Betakrorim, yetti olam sarvari
Onamni asragin ey qodir egam.
Nurmuhammad
Begona yotdan ham mehrin qizg’onmas
Qilgan savobiga maqtov shart emas.
Husnda mohlar ham teng kela olmas
Onamni asragin ey qodir egam.

Hojiniso
Uyimiz ko’rkidir farishta misol
Dadamning obro’si, fayzi ehtimol.
Hayotning ustuni, tarixi timsoli
Onamni asragin ey qodir egam.
Asal
Mohim aytar: oltindan qimmat duosi
Yer yuzini asraydi, ona nidosi.
Yolg’izim, munisim, dunyom dunyosi
Onamni asragin ey qodir egam.

Marjona
ONALAR
Aks etganda muhabbat
Hofizlarning to’rida,
Bo’ldi ajib bir tanlov
O’zbegim diyorida.
Mehmon bilan to’ldi liq
O’zbegim xonalari.
Bo’ldilar bir yerda jam
Dunyoning onalari.
Hakamlarning oldiga
Bir shart qo’ydi xaloyiq
Ey hakamlar, qay ona
Oliy o’ringa loyiq
Ayting bizga onalar
Ichra mehribonini,
Farzand uchun qay ona
Berar hatto jonini?
Odil baho beray deb
Ko’p o’yladi hakamlar
Qirq kun o’tib oradan
Soz so’yladi hakamlar:

Ey, xaloyiq bu tanlov,


Yakun topdi, yopildi,
Onalarning barchasi
G’olib deya topildi.

AYOL
Dildora


Siz o’sha mehrdan dunyo yaratgan
Siz o’sha mehrdan hayo yaratgan,
Vafo farishtasi ,ko’ngil soqchisi,
Falak hayrat uchun go’yo yaratgan,
Ayol sizga bo’lsin ming bora ta’zim.
Saidazimxon
Poyingiz ostida yastanmish jannat,
Siz-Ona alladan vatan yaratgan
Mehringiz aslida cheksiz saltanat
Fidosiz mehrdan chaman yaratgan,
Bu o’zbek ayoli ungadir ta’zim.
Mubina
Hayo ibo sizda,siz mulki Turon,
Husningiz beqiyos ,siz ganji nihon
Sizla kamol topar alp qomat avlod,
Farzandiga fido,mehri bir jahon,
Baxti but fidoyi ayolga ta’zim.


Abror
Momosiz nabirasin bag’riga bosgan,
Onasiz beshikka ko’zmunchoq taqqan.
Ostonada farzandin kuzatib har tong
Oq yo’l tilab duoga qo’lini ochgan,
Niyati pok ,shundayin ayolga ta’zim.


Asilbek
Dunyo bor ehtirom ,e’zoz sizgadir,
Bog’da bulbul kuylar har roz sizgadir
Umr baxshidadir ,dilroz sizgadir.
Poyingizga jilo mehru muhabbat
Ayol ,senga bo’lsin ehtirom ta’zim.

Har jabhada dong taratgan dunyoda


Humosi ham mag’rur uchar samoda.
Betakrordir,benazirdir jamolda
Bu mening vatanim O’zbekistonim.

Osmonlardan yuksak erur kamoli


Ham boy ham zo’r yoqimlidir kalomi
Hilollardan go’zalroqdir ayoli
Bu mening vatanim O’zbekistonim.

Har yerlari gulshanlarga burkangan


Cho’p qadasang nihollarga aylangan.
O’g’lonlari mardlik uchun yaralgan
Bu mening vatanim O’zbekistonim.

Hech bir guli behudaga so’nmagan


Kimki boqsa bu zaminga to’ymagan
Vosillikni yerga tashlab qo’ymagan
Bu mening vatanim O’zbekistonim

Kabutarlar erkin uchar osmonda


Ishlaridan butun dunyo hayronda
Gullab borar baxtiyorlik har onda
Bu mening vatanim O’zbekistonim

Tomirimda oqayotgan to’kilmas qonim


Ulug’lik, buyuklik siymosi bo’lgan
Mardlik, jasoratlik har on yodimda
Bu mening vatanim O’zbekistonim.
Download 20.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling