O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant


Download 53.94 Kb.
bet11/18
Sana09.06.2023
Hajmi53.94 Kb.
#1466556
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)

Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov
O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi
(2022-2023- o‘quv yili)
12-variant

Urgutda adir tepasidagi Navro‘z bayrami o‘tkaziladigan yalanglikka chiqadigan tik so‘qmoq yonboshida bir qabr bor. Andak to‘xtab, unga e’tibor bering. Bu jangchi, qahramon otning qabri.U frontda yaralangan egasini olib ketayotgan sanitar vagon orqasidan chopib, poyezd tezlab ketganda yetolmay, yo‘lda qolib ketgan.Necha oylab tog‘-toshlardan, daryolardan o‘tib, cho‘llarda sargardon bo‘lib, so‘ngra Urgutga kelgan. Bu vafodor ot egasini ko‘rish ilinjida oylab Samarqand vokzalidagi poyezdlarni boshdan oyoq aylanib chiqadi. O‘ziga tanish sanitar vagonini topolmay, kelgusi poyezdni kutadi.Urgut bilan Samarqand oralig‘ida qatnayverib, tuyoqlari yemirilib, yurishga imkon bermay qo‘yadi. U oxiri qadrdon chavandoziga ilhaq bo‘lib jon beradi…


“Ot kishnagan oqshom” qissasining so‘nggi satrlarini yoddan o‘qiyman: “Ayo, Tarlon, sen mening akamsan, Uka desa degulik mendayin ukang bor. Ayo, Tarlon, sen mening qiyomatlik birodarimsan, qiyomatlik…” Bu so‘zlar insonning eng yaqin do‘sti, vafoli jo‘rasi-ot sha’niga aytilgan madh-u taronadir.
(S.Ahmad. “Yo‘qotganlarim va topganlarim”)
Topshiriqlar
1. Matnning 1-abzasidagi gaplarning faqat subyekt va predikatini ko‘chirib, qavs ichida nima bilan ifodalanganligini yozing.
2.Ajratib ko‘rsatilgan fe’lni o‘tgan zamon davom fe’li (bo‘lishsiz) va
hozirgi-kelasi zamon fe’li (bo‘lishli) shakllarida tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing
4. U frontda yaralangan egasini olib ketayotgan sanitar vagon orqasidan chopib, poyezd tezlab ketganda yetolmay, yo‘lda qolib ketgan.
Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi tamoyil asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang.
5.Necha oylab tog‘-toshlardan, daryolardan o‘tib, cho‘llarda sargardon bo‘lib, so‘ngra Urgutga kelgan.
Ushbu gapdagi fe’llarni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing.

Download 53.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling