O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant


Download 53.94 Kb.
bet12/18
Sana09.06.2023
Hajmi53.94 Kb.
#1466556
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)

Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov
O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi
(2022-2023- o‘quv yili)
13-variant

Yomg‘irdan keyin osmonda paydo bo‘ladigan kamalak jahondagi jamiki ranglarni yettita ipga tortib turganga o‘xshaydi. O‘sha yetti ipni kim yoyib yuborsa, u olamni anvoyi gullarga burkaydiganday.


Odam bolasi borki, u shu ranglardan birini o‘ziniki qilib oladi, butun taqdirini, tarjimayi holini, orzu-umidlarini va, nihoyat, olamni shu rang orqali ko‘radi. Shu narsa ayonki, tabiat ham shu rang ta’siriga tushib qoladi.
Masalan, men gunafsharangni yaxshi ko‘raman.Shu rangga ko‘zim tushishi bilan butun umrim ko‘z oldimga keladi.Yayrab ketaman.Bunga sabab, yoshligimda gunafsharang qog‘ozdan varrak yasab uchirardim. Shunisi qiziqarli ediki, ko‘m-ko‘k bahor osmoni bolalar uchirgan anvoyi rang varraklarga to‘lib ketardi. Ular orasida mening gunafsharang varragim alohida ajralib turardi.
(Said Ahmad)
Topshiriqlar

1. Matndagi gaplarning faqat subyekt va predikatini ko‘chirib, qavs ichida nima bilan ifodalanganligini yozing.


2. Ajratib ko‘rsatilgan fe’lni kelasi zamon gumon fe’li (bo‘lishsiz) va uzoq o‘tgan zamon (b) (bo‘lishli) shakllarida tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing
4. Bunga sabab, yoshligimda gunafsharang qog‘ozdan varrak yasab uchirardim. Shunisi qiziqarli ediki, ko‘m-ko‘k bahor osmoni bolalar uchirgan anvoyi rang varraklarga to‘lib ketardi.
Ushbu gaplardagi har bir so‘zni qaysi tamoyil asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang.
5. Ular orasida mening gunafsharang varragim alohida ajralib turardi.
Ushbu gapdagi fe’lni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing.


Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov



Download 53.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling