O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant


Download 53.94 Kb.
bet8/18
Sana09.06.2023
Hajmi53.94 Kb.
#1466556
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)

Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov
O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi
(2022-2023- o‘quv yili)
9-variant
Mening bolalik yillarim Farg‘ona vodiysining Yaypan, Nursuq, Qudash, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulg‘unzor, Oqqo‘rg‘on degan qishloqlarida o‘tgan. O‘ttizinchi yillarning o‘rtalarida, bolaligimni o‘ylaganimda chalakam-chatti tush ko‘rganday bo‘lar edim: dumli yulduz chiqqan edi. Babar ( Bobur bo‘lsa kerak) degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o‘lmagan edi, shunda otqorovul odamlarga yuzlanib: “Yopiray, bunaqa battol o‘g‘rini birinchi marta ko‘ryapman, men unga o‘q uzibman-u, kiprik qoqmadi-ya!” – degan edi.
Zehnimda shunga o‘xshash qalqib yurgan xotiralardan tashqari, qalqimasdan toshdek cho‘kib yotgan xotiralar hali hisobsiz ekanidan uzoq vaqt bexabar ekanman.Bundan meni Anton Pavlovich Chexov xabardor qildilar.
Bundan o‘ttiz yil burun men u kishining yigirma ikki tomlik to‘plamini qo‘limdan qo‘ymay o‘qib chiqdim. Shunda alomat bir hodisa yuz berdi. Shu bilan muhtaram ustod menga go‘yo muborak ko‘zoynaklarini berdilar-u: “Ma, buni taqib, o‘z xalqingning o‘tmishiga nazar sol!” – dedilar.
(Abdulla Qahhor)
Topshiriqlar

1. Matndagi gaplarning faqat subyekt va predikatini ko‘chirib, qavs ichida nima bilan ifodalanganligini yozing.


2. Ajratib ko‘rsatilgan fe’lni o‘tgan zamon hikoya fe’li (bo‘lishsiz) va hozirgi-kelasi zamon fe’li (bo‘lishli) shakllarida tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing
4.O‘ttizinchi yillarning o‘rtalarida, bolaligimni o‘ylaganimda chalakam-chatti tush ko‘rganday bo‘lar edim: dumli yulduz chiqqan edi.
Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi tamoyil asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang.
5. “Ma, buni taqib, o‘z xalqingning o‘tmishiga nazar sol!” – dedilar.
Ushbu gapdagi fe’llarni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing.



Download 53.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling