O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant


Download 53.94 Kb.
bet18/18
Sana09.06.2023
Hajmi53.94 Kb.
#1466556
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)

Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov


O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi
(2022-2023- o‘quv yili)
20-variant
Vatandan shirinroq hech narsa yo‘q. Axir odamlar nimaniki muqaddas deb hisoblasa, nimaniki teran mazmun bilan sug‘orilgan, deb bilsa, bularning barini ularga Vatan o‘rgatgan emasmi? Mayli, ko‘pgina odamlar o‘zga yurtlarning qudrati-yu ajoyibotidan zavqlansin, imoratlarning dabdaba-yu vasvasasiga qoyil bo‘lsin, lekin hamma Vatanni sevadi. O‘zga yurtlarning behisob mo‘jizalarini ko‘pchilik ko‘rgan, ammo hech kim ularga mahliyo bo‘lib o‘z yurtini unutib qo‘ygan emas-ku?!.
“Barcha odamlar Ollohdan Vatanini farovonlikda boshqa shahr-u qishloqlarga teng qilishni so‘raydi-yu, lekin tanlashga kelganda har qancha faqir-u ko‘rimsiz bo‘lsa-da, faqat o‘z Vatanini tanlaydi”,- degandi marhum bobom.
Vatan hamma odamlar uchun shu qadar azizki, qonun chiqaruvchilar hamma joyda eng katta jinoyatlar uchun oliy jazo sifatida Vatandan badarg‘a qilishni belgilab qo‘yishgan. Axir janglarda safda turganlar uchun eng oliy, eng ulug‘ xitob – Vatan uchun jangga undaydigan xitobdir. Bu xitobni eshitgan hech bir odam undan bo‘yin tovlashni o‘ziga munosib bilmaydi,chunki “Vatan” so‘zi hurkak odamga ham jasorat bag‘ishlaydi.
Topshiriqlar
1.1-abzasdagi gaplarning faqat subyekti va predikatini ko‘chirib, qavs ichida ularning nima bilan ifodalanganligini yozing.
2.2-abzasdagi ajratib ko‘rsatilgan fe’lni kelasi zamon gumon fe’li (bo‘lishli ) va uzoq o‘tgan zamon fe’li (a) (bo‘lishsiz) shakllarda tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing
4.“Barcha odamlar Ollohdan Vatanini farovonlikda boshqa shahr-u qishloqlarga teng qilishni so‘raydi-yu, lekin tanlashga kelganda har qancha faqir-u ko‘rimsiz bo‘lsa-da, faqat o‘z Vatanini tanlaydi”,- degandi marhum bobom.
Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi tamoyil asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang.
5.O‘zga yurtlarning behisob mo‘jizalarini ko‘pchilik ko‘rgan, ammo hech kim ularga mahliyo bo‘lib o‘z yurtini unutib qo‘ygan emas-ku?!.
Ushbu gapdagi fe’lni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing.


Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov
Download 53.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling