O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant


O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi


Download 53.94 Kb.
bet13/18
Sana09.06.2023
Hajmi53.94 Kb.
#1466556
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)

O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi
(2022-2023- o‘quv yili)
14-variant
G‘afur G‘ulom etagini silkitsa, kulgi to‘kilardi.U kirgan xonadonda bir hovli kulgi qolardi.U har bir xonadonning ko‘pdan kutgan aziz mehmoni edi.Qayerga borsa, o‘sha yerda atrofini yosh-u qari o‘rab olardi.
Donolar davrasida dono edi. Bedilni, Hofizni, Jomiyni sevib o‘qirdi. Ozarbayjon, tojik, turkman, uyg‘ur, qozoq, tatar, qirg‘iz tillarida bemalol gaplasha olardi.U hozirjavob odam edi.Dushanbedagi bir davrada aytgan gaplarini haligacha qoyil qolib eslayman. –Siz meni o‘zbek, Tursunzodani tojik deyapsizlar. Tojikning oti Tursun bo‘lsa, o‘zbekning oti G‘ulom bo‘lsa, uning tojikligi-yu, mening o‘zbekligim qayoqqa borardi?-dedi G‘afur G‘ulom.-Yo‘q, birodarlar, biz hammamiz qardoshmiz.Milliy ayirmachilikni xayolimizga ham keltirmaymiz. Qarang, hatto ismlarimiz ham ayqash-chuyqash bo‘lib ketgan-a!
(Said Ahmad)
Topshiriqlar

1. Matndagi gaplarning faqat subyekt va predikatini ko‘chirib, qavs ichida nima bilan ifodalanganligini yozing.


2.Ajratib ko‘rsatilgan fe’lni o‘tgan zamon hikoya fe’li (bo‘lishsiz) va kelasi zamon maqsad fe’li (bo‘lishli) shakllarida tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing.
4.G‘afur G‘ulom etagini silkitsa, kulgi to‘kilardi.U kirgan xonadonda bir hovli kulgi qolardi.U har bir xonadonning ko‘pdan kutgan aziz mehmoni edi.Qayerga borsa, o‘sha yerda atrofini yosh-u qari o‘rab olardi.
Ushbu gaplardagi har bir so‘zni qaysi tamoyil asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang.
5. Dushanbedagi bir davrada aytgan gaplarini haligacha qoyil qolib eslayman.
Ushbu gapdagi fe’llarni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing.


Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov


O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi

Download 53.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling