Siddiq Mo'minning “Muloqot mezoni" asari yuzasidan taqriz.
Inson qadami Oyga yetti.Qo'yib bersa Quyoshga ham chiqqimiz bor.Lekin atrofimizda shunday insonlar borki,hali hech kim ularning yurak sadolarini tinglab ulgurmagan. Zeroki, G.Bryuxner aytganidek: “Inson-tubsiz. Unga qaragan kishining boshi aylanib ketadi". Mana shunday ekan hayotda o'ziga yaxshi suhbatdosh topganlar baxtlidirlar.Chunki kimgadir o'z qalbing sadolarini to'g'ri yetkaza olishing uchun,sen boshqalar o'zida his qilgan narsani yurakdan his qilib tinglashni bilmog'ing darkor.
Siddiq Mo'minning ,,Muloqot mezoni " kitobi ayni yuqoridagi mavzularga bag'ishlangan.Asarda ilgari surilgan mavzular kishilardagi o'rtasidagi fikr almashish jarayonining o'ziga xos xususiyatlari ,to'g'ri va ta'sirchan so'zlash ,teran va ixcham fikrlash qoidalarini keng qamrovda yoritib berishga mo'ljallanadi.Shuningdek, asarda tinglovchi va so'zlovchi o'rtasidagi bog'liqlik haqida ham biz bilmagan ko'pgina ma'lumotlar keltirilgan.Kitobni o'qib tugatar ekanman u xotiramdan o'chmas iz qoldirganiga aminman.,,Muloqot mezoni "shaxsan mening hayotimda insonlar bilan muomalam yaxshilanishida ajoyib qo'llanma bo'ldi.Kitobni bemalol yosh-u qari o'qishi kerak bo'lgan asarlar qatoriga kiritish mumkin.Chunki undagi maslahat va o'gitlar har birimizning hayotimizda katta ro'l o'ynaydi.
21.82-guruh talabasi Solijonova Mohizar
Do'stlaringiz bilan baham: |