Tayanch so‘zlar: yil, fasl, har xil, o‘xshamaydi, har kuni, har
oyda, yozda, qishda, kuzdan keyin, bahordan oldin, harorat, esa,
o‘ziga xos.
I. Darsning borishi.
Darsni tashkil etish:
- o‘quvchilarni darsga hozirlash.
- o‘quvchilar davomatini aniqlash.
- yangi mavzu bilan tanishtirish.
II.O‘tilgan mavzu ustida ishlash.
O‘quvchini o‘zi yoqtirgan taom haqida topib kelgan topishmoq
yoki she’rni eshitish.
III. Yangi mavzu bayoni.
1. Darslikda tasvirlangan «Yil fasllari» rasmi yuzasidan suhbat:
O‘quvchilarga savollar tushunarli bo‘lishi uchun AKTdan qu-
yidagi lug’at ko‘rsatiladi:
Har fasl necha oydan iborat?
Fasllarda ob-havo qanday farq qiladi?
Sizga qaysi fasl yoqadi? Nima uchun?
Lug’at ishi: Animatsion tasvir orqali amalga
oshiriladi.
harorat
o‘ziga xos
oldin
keyin
iliq
shabada
температура
свойственно
сперва
потом, после
тёплое
ветерок
Yil fasllari haqida namunadagidek gaplar tuzing. O‘quvchilar
javobi umumlashtirib to‘ldiriladi:
Namuna: Bu – yoz fasli. Yozda o‘quvchilar ta’tilda bo‘ladilar.
Shu o‘rinda multimedia orqali yil fasllari haqida videolavha
ko‘rsatiladi, o‘qituvchi lavhalarni izohlab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |