II. O‘tilgan mavzu ustida ishlash. O‘quvchilarni o‘zlari yoqtirgan yil fasllari haqida yozib kelgan
gaplari quyidagi tartibda tekshiriladi: O‘quvchilar doskaning, o‘zlari
yozib kelgan fasl ko‘rsatilganjoyiga borib turadilar va ketma-ketlik-
da gaplarni o‘qiydilar.
III. Yangi mavzu bayoni. (Mustahkamlovchi) 1. Darslikda tasvirlangan «Qish o‘yinlari» rasmi yuzasidan
savollar:
Rasmda qaysi yil fasli tasvirlangan?
Bolalar nima qilishyapti?
Qish faslida yana qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Sizningcha qish fasliga nima uchun «Kumush qish» deb ta’rif
berishadi?