4. Darslik bilan ishlash.
3-topshiriq. Matnni o‘qing,
mazmunini qayta hikoya qiling. -da
qo‘shimchali so‘zlarga so‘roq bering.
5.Dam olish daqiqasi. She’r aytilib, unga mos harakatlar qilinadi.
Bahor keldi gurkirab,
Ariqda suv chopqillab.
Gul, lolalar teraylik,
Yoru-do‘stga beraylik.
Belga olib kurakni,
Yerlarni yumshataylik.
Ayiq uyg‘onadi
Barcha jonivorlar
Bahor kelganidan quvonadi.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash.
1. Rasm asosida suhbat. Bahor fasli turli sharoitda tasvir-
langan rasmlar turi 3 tadan qilib beriladi. Ushbu rasmlar asosida
bog‘lanishli matn yaratish. O‘quvchilar guruhda ish olib boradilar.
Masalan: tog‘, daladagi dehqon, gullarning rasmi.
Yurtimizga bahor keldi. Hamma yer gullar bilan qoplandi. Dalada
dehqonning ishi qizigan payt.
2. So‘z birikmalaridan gaplar tuzish. Berilgan so‘z birikmalari-
dan chap ustunga mosini o‘ng ustundan topib gaplar tuzish.
O‘lkamizga
bo‘chechak ochildi
Birinchi bo‘lib
ko‘chat ekmoqda
Bog‘bon
tez-tez sug‘oriladi
Daraxt ko‘chatlari
bahor keldi
Do'stlaringiz bilan baham: |