d) rivojlantiruvchi: o‘qib o‘rganganlari va hayot tajribasidan
foydalanilgan holda kundalik turmushda uchraydigan muammo-
larni hal eta olish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi. (Mustahkamlovchi)
Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, «Tartibini to‘g‘ri top» ta’limiy
o‘yini, «O‘qilganini takrorlama» metodi, «Blits so‘rov» metodi.
Dars jihozi: «Orasta bo‘ling» mavzusiga oid rasmlar, ular haqida
video lavhalar, AKT, taqdimot.
Tayanch so‘zlar: tozalik, sog‘lik, tumov, kasal, tish, yuvadi, sovun
bilan, doimo, iflos, toza tuting, dazmollab kiying, havasi keladi, amal
qiling, kir, bo‘lmaydi, tirnog‘ini oladi, artadi, tozalaydi
I. Darsning borishi.
Darsni tashkil etish:
- o‘quvchilarni darsga hozirlash;
- o‘quvchilar davomatini aniqlash;
- yangi mavzu bilan tanishtirish.
2. Tashkiliy qism.
«Tartibini to‘g‘ri top» ta’limiy o‘yin. O‘quvchilarga «Orasta
bo‘ling» mavzusidagi gaplar berladi. Ular bu ishlarning bajarilishi
tartibiga ko‘ra, gaplarni raqamlab chiqishlari kerak.
№
GAPLAR
Changlar artiladi.
Gilam va sholchalar qoqiladi.
Rom va oynalar artiladi.
Uy supurib, pollar artiladi.
Keraksiz buyumlar, axlat tashlab yuboriladi.
To‘g‘ri javob:
№
GAPLAR
3
Changlar, uy jihozlari artiladi.
4
Gilam va sholchalar qoqiladi.
2
Rom va oynalar artiladi.
1
Uy supurib, pollar artiladi.
5
Keraksiz buyumlar, axlat tashlab yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |