IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash. 3-topshiriq. Dialoglar-
ni rollarga bo‘lib o‘qish va davom ettirish.
V. Darsni yakunlash.
Svetoforning ranglari nimalarni bildiradi?
Qanday yo‘l belgilarini bilasiz?
Piyodalar yo‘lning qayeridan o‘tishi kerak?
- dan qo‘shimchasi ishtirokidagi gapga misol keltiring.
- sh; -ish qo‘shimchasi ishtirokidagi gaplarga misol keltiring.
VI. Uyga vazifa. A4 qog‘oziga 2-3 ta yo‘l belgisini chizish va
mumkun, mumkin emas kabi so‘zlar ishtirokida 2 ta gap tuzib ke-
lish.
VII. O‘quvchilarni rag’batlantirish.
34-dars. YO‘L HARAKATI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o‘quvchining «Yo‘l harakati» mavzusidagi tayanch
so‘zlar bilan tanishtirish. Mustaqil matn tuzishni o‘rgatish
- shu mavzuda og‘zaki va yozma nutqiy ko‘nikmalarni shakl-
lantirish;
- nutqiy va grammatik mavzuni mustahkamlash;
- dan kelishik qo‘shimchasining qo‘llanishi;
- sh; -ish qo‘shimchalarining qo‘llanishi.
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda o‘zgalar mehnatini qadrlash,
mehnatsevarlikni, davlat mulkiga ehtiyotkorona munosabatda
bo‘lishni, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni tarbiyalab borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |