118
Dars jihozi: «Yo‘l harakati
» mavzusiga
oid rasmlar,
ular haqida
videolavhalar, AKT, taqdimot.
Tayanch so‘zlar: yo‘l, harakat, yo‘lka, yo‘lovchi, piyodalar
yo‘lkasi, mashinalar yo‘li, bekat, to‘xtash joyi, yo‘l belgilari, haydov-
chi, piyoda, yo‘l qoidalari, kutib turish
I. Darsning borishi
Darsni tashkil etish:
- o‘quvchilarni darsga hozirlash;
- o‘quvchilar
davomatini aniqlash;
- yangi mavzu bilan tanishtirish.
Tashkiliy qism. «T chizma» metodi
O‘quvchilarga yo‘l harakati belgilari aralash holda beriladi.
O‘quvchilar ushbu yo‘l belgilarini ikki
ustunga ajratib yozishlari
kerak.
Mumkin Mumkin emas
Izoh:
Ushbu topshiriqni multimedia, slayd yoki doskada ham
bajarlsa bo‘ladi. Doskada bajarish uchun o‘quvchilar
soniga qarab,
ularga tanish bo‘lgan yo‘l belgilarini bir xil hajmdagi nusxalarini
tayyorlab qo‘yiladi. Ushbu belgilar magnit yoki
skotch yordamida
doskadagi T chizmasining ikki ustuniga ajratib chiqiladi. Undan
keyin bajarilgan ish tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: