III. O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quchilar
rag‘batlantiriladi va baholanadi.
IV. Uyga vazifa berish. Topishmoqlarni o‘qing va yod oling.
13-dars. KITOB
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy:
mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri ta-
laffuz qilishga, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bi-
lan qo‘llab gaplar tuzishga, haqida, to‘g‘risida ko‘makchilari haqida
ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy: odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zaro mu-
loqotda muomala madaniyatiga amal qilish, mehr-muhabbat
tuyg‘ularini shakllantirish.
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini,
husnixat bilan yozish, kirishimlilik ko‘nikmasini rivojlantirish,
lug‘at boyligini oshirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: interfaol usul, aqliy hujum, suhbat, «Fikr charxi»,
«Xotira mashqi».
Do'stlaringiz bilan baham: |