VI. Uyga vazifa berish. O‘zi yoqtirgan kitob haqida so‘zlab berish.
15-dars. BOZORDA Darsning maqsadi: a) ta’limiy: «Bozorda» mavzusiga oid tayanch so‘zlar va jumlalar-
ni to‘g‘ri talaffuz qilishga, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi
so‘zlar bilan qo‘llab gaplar tuzishga o‘rgatish;
b) tarbiyaviy:odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zaro mulo-
qotda muomala madaniyatiga amal qilish, to‘g‘rilik kabi sifatlarni
shakllantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
d) rivojlantiruvchi:o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini,
husnixat bilan yozish, kirishimlilik ko‘nikmasini rivojlantirish,
lug‘at boyligini oshirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: interfaol usul, aqliy hujum, suhbat, «Xotira
mashqi» o‘yini.
Dars shakli: yakka tartibda, guruh bilan ishlash.
Dars jihozi: darslik, AKT, kun tartibiga oid rangli rasmlar,
didak tik tarqatma materiallar; multimediya vositasi.
62
Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib
boriladi.
Baholash: o‘quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.