O’zbek tilining boyish manbalari


Qadring baland bo’lsin, ona tilim!


Download 1.05 Mb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1574929
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbek tilining boyish manbalari

Qadring baland bo’lsin, ona tilim!

Leksikografiya

Tilshunoslikning lug‘at tuzish ishi bilan shug‘ullanadigan bo‘limi leksikografiya deyiladi. Lug‘atlar tilning lug‘aviy boyligini to‘plovchi kitobdir. Lug‘atlar muayyan mavzularda tuzilib, unda so‘zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lug‘at tuzish ishi bilan lug‘atshunoslar qadimdan shug‘ullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk tilida «Abushqa» lug‘ati yaratilgan. Lug‘atlar xarakteriga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) qomusiy (entsiklopedik lug‘at) lug‘atlar;

2) lingvistik lug‘atlar.

Qomusiy lug‘atlar ilmiy, siyosiy, adabiy va ishlab chiqarishga xos tushunchalar, borliqdagi predmetlar va voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradi. «O‘zbek milliy entsiklopediyasi», «Uy-ro‘zg‘ or entsiklopediyasi», «Salomatlik entsiklopediyasi», «U kim, bu nima?» kabi lug‘atlar qomusiy lug‘atlar sirasiga kiradi. So‘zlarni tilshunoslik nuqtai nazardan izohlaydigan lug‘atlar lingvistik lug‘at deb yuritiladi.

Leksikografiya

Lingvistik lug‘atlar bir tilli, ikki tilli va ko‘p tilli bo‘ladi. Bir tilli lingvistik lug‘atlarda lug‘aviy birliklar bir tilning - o‘zbek tilining o‘zida izohlanadi. Bunday lug‘atlarga «Imlo lug‘ati», «Orfoepik lug‘at», «O‘zbek tilining morfem lug‘ati», «O‘zbek tilining sinonim so‘zlar lug‘ati», «O‘zbek tilining omonim so‘zlar lug‘ati», «O‘zbek tilining antonim so‘zlar lug‘ati», «O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati», «Etimologik lug‘ati», 1981 yilda yaratilgan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» (2 jild) kabilar. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da so‘z va iboralarning o‘z va ko‘chma ma’nolari haqida to‘la ma’lumot beriladi.

Ikki tilli va ko‘p tilli lug‘atlar tarjima lug‘atlari bo‘lib, ular boshqa tilning lug‘at tarkibini o‘zbek tiliga yoki aksincha o‘zbek tilining lug‘at tarkibini boshqa tilga tarjima qilish uchun xizmat qiladi. Ikki tilli va ko‘p tilli lug‘atlarga o‘zbekcha-ruscha, ruscha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha, inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha-nemischa kabi lug‘atlar kiradi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling