Mavzu: Til va


Download 1.48 Mb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1426972
  1   2   3
Bog'liq
4 Машғулот


  1. MAVZU: Til va terminologiya













O`zbek leksikografiyasi (lug`atshunosligi).
Tilshunoslikning lug`at tuzish ishi bilan shug`ullanadigan bo`limi leksikografiya deyiladi. Lug`atlar tilning lug`aviy boyligini to`plovchi kitobdir. Lug`atlar muayyan mavzularda tuzilib, unda so`zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lug`at tuzish ishi bilan lug`atshunoslar qadimdan shug`ullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk tilida
«Abushqa» lug`ati yaratilgan.Lug`atlar xarakteriga ko`ra ikki turga bo`linadi:
1) qomusiy (entsiklopedik lug`at) lug`atlar; 2) lingvistik lug`atlar.
Qomusiy lug`atlar ilmiy, siyosiy, adabiy va ishlab chiqarishga xos tushunchalar, borliqdagi predmetlar va voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradi.
«O`zbek milliy entsiklopediyasi», «Uy-ro`zg`or entsiklopediyasi», «Salomatlik entsiklopediyasi», «U kim, bu nima?» kabi lug`atlar qomusiy lug`atlar sirasiga kiradi.
So`zlarni tilshunoslik nuqtai nazardan izohlaydigan lug`atlar lingvistik lug`at deb yuritiladi. Lingvistik lug`atlar bir tilli, ikki tilli va ko`p tilli bo`ladi.
Bir tilli lingvistik lug`atlarda lug`aviy birliklar bir tilning - o`zbek tilining o`zida izohlanadi. Bunday lug`atlarga «Imlo lug`ati», «Orfoepik lug`at», «O`zbek tilining morfem lug`ati»,
«O`zbek tilining sinonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining omonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining antonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining frazeologik lug`ati», «Etimologik lug`ati», 1981 yilda yaratilgan «O`zbek tilining izohli lug`ati» (2 jild) kabilar. «O`zbek tilining izohli lug`ati»da so`z va iboralarning o`z va ko`chma ma’nolari haqida to`la ma’lumot beriladi.
Ikki tilli va ko`p tilli lug`atlar tarjima lug`atlari bo`lib, ular boshqa tilning lug`at tarkibini o`zbek tiliga yoki aksincha o`zbek tilining lug`at tarkibini boshqa tilga tarjima qilish uchun xizmat qiladi. Ikki tilli va ko`p tilli lug`atlarga o`zbekcha-ruscha, ruscha-o`zbekcha, o`zbekcha-inglizcha, inglizcha-o`zbekcha, o`zbekcha-inglizcha-nemischa kabi lug`atlar kiradi.
Ko`p tilli lug`atlar o`tmishda ham tuzilganligi arabcha-forscha-turkcha lug`atlardan ma’lum. Hozirgi kunga kelib ko`p tilli lug`atlar tuzish ancha jadallashdi. Chunki, ko`p tilli lug`atlar hozirgi tillarni qiyosiy o`rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Lug`at fan va texnika, madaniyat, umuman jamiyatning taraqqiy etib borayotganini o`zida aks ettiradi. Lug`atlar muhim madaniy boylikdir, chunki lug`at nutq madaniyati, so`zlarning ma’nolarini aniq tushunish va ularni nutqda to`g`ri qo`llash, savodxonlikka erishishning asosidir.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling