O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


Ijtimoiy-siyosiy kompleksga oid MBX


Download 371.04 Kb.
bet38/42
Sana12.11.2020
Hajmi371.04 Kb.
#144075
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
bibliografiya

Ijtimoiy-siyosiy kompleksga oid MBX


Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi so‘roqlar qat’iy mas’uliyat bilan bajariladi. Ma’lumotlar axborotga berilgan so‘roq xarakteriga mos guruhlashtiriladi. Eng ko‘p tarqalgan so‘roqlar quyidagilardan iborat: aniqlovchi bibliografik ma’lumotlar; faktografik ma’lumotlar; mavzuli bibliografik ma’lumotlar; manzilli bibliografik ma’lumotlar.

Aniqlovchi bibliografik so‘roqlarni bajarishda Davlat va hukumat organlari tomonidan qabul qilingan hujjatlarning bibliografik ma’lumotlari aniqlanadi. Bunday so‘roqlarni umumiy bibliografik kartoteka, ma’lumotlar bazasi, huquqiy axborot bo‘yicha ma’lumotlar banki, rasmiy nashrlar va boshqa turdagi axborot resurslari bajaradi. So‘roqlarni berishda yo‘l qo‘yiladigan xatolardan eng ko‘p uchraydigani OAVlari orqali berilayotgan axborotni noto‘g‘ri tushunish oqibatida yuz beradi. Bunday holda, albatta, kitobxon bilan suhbat davomida uni to‘g‘ri tushunishga yordam berish zarur. Faktografik so‘roqlarni bajarishda, asosan, u yoki bu tarixiy voqeani, siyosiy hodisalarni, siyosiy va jamoat arboblari shaxsiga oid ma’lumotlarni, olimlar va ularning faoliyatiga oid savollar, mamlakatlar nomlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq so‘roqlar, davlat ramzlariga oid so‘roqlar uchraydi. Ularni bajarishda ma’lumotnoma nashrlar, qomusnomalar, katalog va kartotekalar yordam beradi. Mavzuli bibliografik so‘roqlar biror-bir ijtimoiy fanlar, tarixiy shaxslar, davlat arboblari, siyosiy arboblar, mamlakat tarixi, iqtisodi, siyosatiga oid mavzularni tashkil etadi. Bunday so‘roqlarni bajarishda mavzuning mazmuni, maqsadi, kitobxonning siyosiy bilim darajasi, tayyorgarlik darajasi, axborot manbalarining to‘liqlik va ilmiylik darajasi, dolzarbligi hisobga olinadi. Bunda ham katalog va kartotekalar tizimidan, bibliografik qo‘llanmalardan foydalaniladi. Ayniqsa, tarixiy mavzudagi so‘roqlarni bajarishda uning hozirgi kun uchun ahamiyati alohida o‘rganiladi.


MBXni tashkil etish va hisobga olish


MBX bilan shug‘ullanuvchi barcha bo‘limlar yagona shakldagi hujjatlarda ma’lumotlarni bajaradi va hisobga olib boradi. Òurli so‘roqlar bajarilishini hisobga olib borishda ularning soni ko‘rsatiladi va quyidagicha belgilanadi: so‘ralgan mavzular; aniqlash uchun so‘ralgan bibliografik yozuvlar soni; kutubxona fondida bo‘lishini so‘ragan nashrlar soni; aniqlash uchun so‘ralgan faktlar.

So‘roqlar alohida daftarda yoki jurnalda qayd etib boriladi, ayrim kutubxonalarda talab qog‘ozlarida yoki boshqa xil hujjatlarda aks etadi. Hisobga olishda og‘zaki va yozma bajarilgan so‘roqlar, mavzulari va boshqa xillari bo‘yicha bajarilgan so‘roqlar alohida hisob qilinadi. Maxsus daftarda ularni hisobga olib borish uchun quyidagi tartib raqami, so‘roqning berilgan vaqti, kimdan tushganligi, mazmuni va maqsadi, so‘roqning turi (mavzuli, aniqlovchi, faktografik), bilim sohasi, so‘roqni bajarish manbasi, bajaruvchi, rad javob sababi, tashqi axborot resurslari, eslatmalar. Ayrim kutubxonalar bu chiziqlarni yanada ixchamlashtiradi, ayrimlari esa o‘z xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa bo‘limchalarni kiritadi. MBXni takomillashtirish, samarasini oshirish uchun muntazam ravishda son va sifat jihatidan tahlil qilib borish lozim. Uning maqsadi mavzular va kitobxonlar qiziqishini o‘rganish, axborot manbalarini takomillashtirishdir. Òahlil natijalari fond tarkibini, axborot resurslarini kengaytirishni, axborot xizmati tizimini yaxshilashni, bibliograflarning malakaviy bilim saviyasini oshirishni qay darajada davom ettirish va takomillashtirish haqida xulosalar beradi. Bundan tashqari, tahlil natijalari bibliografik axborot ishlarining qay darajada tashkil etilganligini ham ko‘rsatadi.


Savol va topshiriqlar


  1. MBX nima va unga qanday talablar qo‘yiladi?

  2. Kitobxonlar so‘roqlari bo‘yicha qanday ma’lumotlar bajariladi?

  3. Òurli so‘roqlarni bajarish dasturi nimadan iborat?

  4. Aniqlovchi va faktografik ma’lumotlar qanday bajariladi?

  5. Ayrim sohalarga oid bibliografik so‘roqlar qanday bajariladi?

  6. Badiiy adabiyotlarga bo‘lgan so‘roqlarning turlarini aytib bering.

  7. Axborot manbalarini sanab bering.

  8. Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi so‘roqlarning turlarini ayting.

XVIII BOB. KUTUBXONANI BIBLIOGRAFIK AXBOROTLASHTIRISH

Mavzuning maqsadikitobxonlarni bibliografik axborot bilan ta’minlashning ommaviy, yakka, guruhli turlari bilan, ularni tashkil etish va olib borish yo‘llari bilan tanishtirish.

Asosiy tushunchalar bibliografik axborotlashtirish, yig‘ma kartotekalar.

Download 371.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling