Mavzu: Tikuvchilik ishlari atamalari. Mavzuning maqsadi


Download 38.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi38.19 Kb.
#1497354
  1   2   3
Bog'liq
2-AM 1-atamalar 0014c85bb1f57a2f18cf04445afb96e5



2- Amaliy mashg’ulot (ajratilgan vaqt-1 soat) 
 
Mavzu: Tikuvchilik ishlari atamalari. 
Mavzuning maqsadi: Tikuvchilik ishlarini bajarishda ishlatiladigan asosiy tushuncha va 
atamalari bo’yicha bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
 
Ishni bajarish tartibi
 
 
- Detalning yon qirqimlari va yelkasini sirmalash;
- Cho’ntak qopqoqni old bo’lakka ko’klab ulash;
- Ustki yoqani osti yoqaga bostirib ko’klash;
- Yengni yeng o’miziga ko’klab o’tkazish;
- Cho’ntak qopqoq ziylarini ko’klash;
- Ko’ylak etagini bukib ko’klash;
- Petlyani yo’rmash;
- Tugma qadash. Ilgak tikish.
 
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR: 
Ma’lumki tikuvchilik sanoatida har xil qo’l ishlari bajariladi. Qo’l ishlari atamasi ishning 
xarakterlari nimadan iborat ekanligi va qaerda qo’llanishi haqida ma’lumot beradi.
Qo’l ishlari atamalari quyidagilar: sirmalash, ko’klab ulash, bostirib ko’klash, bukib tikish
yo’rmalash, qadash va chatishdir.
Qo’lda bajariladigan ishlarga quyidagi texnik talablar qo’yiladi.

bort yoki burchaklari ag’darma choklarining bezak baxyaqatorlar chiziqlarini yordamchi 
andazalar bilan belgilaganda, belgi chiziqlar yo’g’onligi 0,1 sm. dan oshmasligi lozim; 

Detallarni bir-biriga vaqtincha qaviqqator bilan ko’klashda ipning rangi asosiy detal 
rangidan ancha farq qilishi kerak;

qaviq yirikligi va qaviqqator zichligi qalin-yupqaligiga va shu qaviqqa qo’yilgan 
talablarga bog’liq bo’ladi;

ipning uchi qaviqqator boshida tugilib, oxirida bir joyning o’ziga ikki-uchta qaviq solib 
puxtalanadi;

doimiy qaviq va qaviqqatorlar uchun ishlatiladigan ipning rangi asosiy gazlama rangiga 
mos bo’lishi kerak;

qalinligi har xil gazlamadan bichilgan detallarni ulashda yupqa gazlamadan bichilgan 
detalni ust tomonga qo’yish kerak;

kertmalarning uchi detallarning qirqilgan chiziqlarining uchlari baxyaqator yo’liga 0,1-
0,15 sm. yetmasligi kerak;

belgi chiziqni iz tushirgich bilan ko’chirganda uning g’ildirakchasi chiziq qalinligining 
o’rtasidan yuritilishi lozim;

ko’klash operatsiyasini osonlashtirish va tezlashtirish hamda sifatini yaxshilash uchun 
detallar oldini to’g’nog’ichlar bilan to’g’nab olinadi.

Ko’klash qaviqqatorlarining keyingi tikish paytida mashina bahyaqatori tagida qolmasligi 
uchun hamma ko’klash iplari bo’r bilan belgilangan chiziqdan detalning qirqimi tomonga 0,1-0,15 
sm. yaqinlashtirib bajariladi; 



Detallarni vaqtincha ko’klab qo’yilgan iplarini so’kib tashlash uchun qaviqqatorni har 10-
15 sm. oraliqda qaychi bilan qirqib, so’ngra iplar uchidan tortib olinadi;

Ignalarning nomeri gazlama qalinligiga va bajariladigan operatsiyaning xarakteriga mos 
bo’lishi kerak;

Ipak ip bilan bajariladigan bezak qaviqqatorlarning (izma yo’rmalash, puxtalash) uchlari 
teskari tomondan uch-to’rt qaytma qaviq bilan puxtalab qo’yiladi;

Gazlamada igna hosil qilgan qo’shni teshiklar orasida iplar chalishuvining bitta 
tugallangan tsikli qo’lda bajarilgan bo’lsa, qaviq deyiladi. Ketma-ket takrorlangan qaviqlardan 
qaviqqator hosil bo’ladi;

qaviq va qaviqqatorlarni qo’lda bajarishda diametri 0,6-1,8 mm., uzunligi 30-75 mm. 
Bo’lgan 1-12 nomerli ignalardan foydalaniladi. Qaviq solishning 2 usuli mavjud:
1) Igna materialning 1 tomonidan sanchilib, shu tomondan chiqariladi.
2) Bir tomondan sanchilib, boshqa tomondan chiqariladi.

Download 38.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling