«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

2-topshiriq.
  Matnni o‘qing. Ish qog‘ozlari matniga qo‘yila digan talablar 
haqida fikrlashing. Bu talablarni unutmang.
Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. 
Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy 
vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun 
hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar 
mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini 
olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‘al so‘zlar, shevaga 
oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, 
jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun 
xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi...


107
Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikma-
laridan ko‘proq foydalanish lozim. Chunki qo 
lip 
lashgan, yagona doimiy 
shaklga ega bo‘lgan so‘z tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasi 
ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda, 8–10 marta tez 
idrok qilinar ekan. Buning ustiga, qoliplashgan so‘z birikmalari hujjatlarni 
tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonlarini anchagina tezlashtirish 
imkonini beradi. Ma’lumki, har bir hujjat turining mohiyati va maqsadi 
bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana 
boradi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi 
mumkin: ...lavozimga tayinlansin; ...lavozimidan ozod qilinsin... («Ish yuritish 
kitobi») 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling