O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet122/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

2. Analogiya’ning turlari

Modeldan prototipga o‘tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko‘ra, analogiya’ning ikki turi farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi.

Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmet sinfi o‘xshash belgilariga ko‘ra o‘zaro taqqoslanadi. O‘xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bo‘lgan belgining boshqasida ham bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa chiqariladi. Masalan, Yer va Quyosh qator muhim xossalariga ko‘ra o‘xshashdir, ya’ni ular bir sayyoralar tizimiga kiruvchi osmon jismlaridir, ikkisi ham harakatda, kimyoviy tarkibi ham o‘xshash. Ana shu o‘xshashliklarga asoslanib, olimlar Quyoshda topilgan yangi element – geliy Yerda ham bo‘lsa kerak, degan xulosaga kelganlar. Analogiya yo‘li bilan chiqarilgan bu xulosaning chinligi ko‘p o‘tmay tasdiqlandi – Yerda ham geliy elementi topildi.

Bu misolda ikki predmetning o‘xshashligiga asoslanib, birida mavjud bo‘lgan belgining boshqasida ham borligi haqida xulosa chiqarildi. O‘xshatilayotgan predmetlarni A va V harflari bilan, belgilarni a, v, s harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

A predmet a, b, c, d belgilarga ega.

V predmet a, b, c belgilarga ega.

Ehtimol, V predmet d belgiga egadir.

Bu analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishning keng tarqalgan shaklidir. Unda bir predmet haqidagi bilim shunga o‘xshash boshqa predmet haqidagi bilimdan xulosa shaklida keltirib chiqariladi.

Munosabatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmet sinfi o‘rtasidagi munosabatlar o‘xshashligiga asoslaniladi. Ikki turdagi (a R b) va (m R1 n) munosabatlarni taqqoslasak, a m ga, b n ga o‘xshash emas, lekin ular o‘rtasidagi R-R1 munosabatlarning o‘xshashligi bizga xulosa chiqarish imkonini beradi. Masalan, I.Kepler Planetalar harakatining qonunini ochganda, samoviy jismlarning o‘zaro tortishish kuchini insonlar o‘rtasidagi muhabbatga taqqoslaydi, shu asosda astronomiyaga “tortishish kuchi” tushunchasini kiritadi.

Munosabatlar analogiyasida ikki predmet o‘xshashligi asosida emas, ikki predmet o‘rtasidagi munosabatni o‘rganish asosida boshqa ikki predmet o‘rtasidagi munosabat haqida xulosa chiqariladi.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling