O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet133/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Argumentlashning strategiyasi argumentlashning maqsadi bo‘lib, ishontirish, g‘alaba qozonish, kelishish, yechimni topish, o‘ziga nisbatan ishonchni mustahkamlash va shu kabilarda namoyon bo‘ldi. Mantiq qonunlari, isbotlovchi muhokama yuritish argumentlashning strategik prinsiplari hisoblanadi. Konkret vaziyatga mos bo‘lgan kommunikativ modelni tanlash ham argumentlashning strategiyasiga kiradi.

Argumentlashning taktikasi argumentlarni eng unumli qo‘llash usuli; raqibning qarshi argumentlariga munosabat shakli; argumentlashning strategik maqsadlariga erishish uchun qo‘llaniladigan usul va vositalar majmuidir. Argumentlashning taktik usullariga quyidagilar kiradi:

1. Raqibiga qiyinchiliklar tug‘dirish.

2. Raqibning dalillaridan uning tezisini rad qilishda foydalanish.

3. Argumentlarni jamlash, ya’ni argumentlash maydonida shunday dalillar to‘planadiki, ular bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda raqibning tezisini rad etishga va bizning tezisimizni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu usul bahs mavzusini har tomonlama ko‘rib chiqib, ustalik bilan harakat qilishga, rad qilingan argumentlardan oson voz kyechishga, raqib hujumlarining kuchini kamaytirishga imkon beradi. E’tiborga olish zarurki, bu usul raqib tomonidan qo‘llanilsa, taktik g‘alabaga erishish mushkullashadi.

4. Raqib argumentlarini sochib tashlash, ya’ni “ayir va mulohazaronlik qil” formulasi asosida ish qilish. Raqib argumentlari zanjiridagi bo‘sh halqani topib, unga hujum qilish orqali raqibning hamma fikrlarini shubha ostiga qo‘yish.

5. Isbotlash yukini raqib yelkasiga ag‘darish. Kim ko‘p isbotlashga majbur bo‘lsa, u eng noqulay holatda qoladi. Bu raqib argumentlarining kamayishiga olib keladi va uni ochiq-oydin tanqid qilish uchun yo‘l ochib beradi.

6. Eng kuchli argumentdan bahs yakunida foydalanish, ya’ni “oxirgi gapni aytgan g‘olibdir” prinsipini amalga oshirish,

7. Har ikki tomon uchun ham kuchli bo‘lgan argumentni ilgari surish.

8. Aniq-ravshan narsani isbotlamaslik.

9. Raqibga e’tiroz bildirib, ortiqcha qizishmaslik. Jahl qilish, qizishish, opponentni tanqid qilishga shoshilish tinglovchilar o‘rtasida raqib obro‘yining ortishiga, unga nisbatan achinish hissining paydo bo‘lishiga olib keladi.

10. Kuchli argumentni tayyorlash. Buning uchun shubhali, kuchsiz argumentlardan voz kyechish, kuchli argumentni fakt sifatida emas, balki muhokama natijasi bo‘lgan muhim xulosa ko‘rinishida kiritish zarur. Sokrat aynan shu usulni qo‘llar edi. U o‘z dialoglarini shunday qurar ediki, opponenti unga faqat “ha” deb javob berardi va kutilgan xulosaga kelardi. Unutmaslik kerakki, kuchli argumentlarni alohida-alohida berish kerak, kuchsiz argumentlarni esa birlashtirish mumkin, shunda ular bir-birini to‘ldiradi.

Argumentlashda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan (loyal) hiylalar:

– e’tirozni cho‘zish;

– bosimni kuchaytirish (raqib argumentatsiyasining zaif nuqtasiga tezlikda hujum uyushtirish).

Argumentlashda qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan hiylalar:

– mavzudan chetga chiqish (argumentatsiya maydoniga avval aytilmagan tezislarni kiritish, o‘z tezisini yoki opponentning argumentlash maydonini kengaytirish yoki toraytirish, e’tiborni boshqa narsaga qaratish);

– “shaxsga murojaat qilish”, ya’ni raqibiga do‘q urish, haqorat qilish, nimalarnidir fosh etishga sha’ma qilish, yorliqlar osish (nom qo‘yish) va h.k.

– auditoriya argumentidan foydalanish, ya’ni tinglovchilarning kayfiyatlari, qiziqishlari, xayrixohliklaridan foydalanish.

– kuchni namoyish qilish (masalani muhokama qilishni to‘xtatish, opponentning pozitsiyasini umuminsoniy, milliy yoki guruh axloqiga, manfaatiga to‘g‘ri kelmaydi deb do‘q urish);

– muhokama predmetini buzib ko‘rsatish (diversiya);

– johillik, nodonlik argumenti, ya’ni opponentini johil, nodon qilib ko‘rsatish (“har bir aqlli odam aytganlarimni, albatta, ma’qullaydi...”, deb so‘z boshlash).

Argumentlash taktikasida yuqorida ko‘rsatilgan usullar bahs davomida aralashib ketishi mumkin.

Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, argumentlash nazaryaisining o‘z tushunchalar tizimi mavjud bo‘lib, ularni bilmasdan bahs-munozaraga kirish qurollangan jangchiga qurolsiz hujum qilish bilan barobardir.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling